Tarixi XIX asrlarning o'rtalariga borib taqaladigan o 'rta muddatli
sikllar haqida gap ketar ekan, ularga bir qator xususiyatlar xos
bo'lganligini ta'kidlash lozim.
Birinchidan, XIX asrning o'rtalaridan boshlab kuzatilgan sikllar
o'zining intensivligi va davomiyligi k o ‘ra xilma-xil bo'lgan. Bng
qisqa iqtisodiy sikl (1920-yillar) taxminan 2,5 yil davom etgan bo'lsa.
eng uzoq sikl (1970-yillarning boshi) 117 oy davom etgan.
Siklik tebranishlarning liar xilligiga sabab bo'ladigan omillar
ichida ikkita asosiy sababni ko'rsatib o'tish joizdir:
♦ o 'rta muddatli sikllarning uzun to'lqinlarning turli bosqichlarida
uzoq muddatli sikllar bilan aralashib ketishi, bu o 'rta muddatli
siklning dinamikasini o'zgartirib (buzib) yuborishi mumkin;
♦ hukumatning barqarorlashtiruvchi makroiqtisodiy siyosatiningta'siri.
Ana shunday siyosat tut'ayli Ikkinchi jahon urushidan keyin o'rta
muddatli siklning yuksaltiruvchi to'lqini uzunroq. pasaytiruvchi to ' 1 -
qini esa qisqaroq b o 'lib bordi. U m um an olganda, ko'pchilik rivojlan-
gan m amlakatlarning hukumatlari makroiqtisodiy barqarorlashtirishni
oqilona olib borishni, ya'n i so'n ish davrida iqtisodiyotni rag‘-
batlantirish va qayta ishlab chiqarish inqirozi xavfi mavjud bo'lganda
iqtisodiyotni biroz sekinlashtirib turishni o'r g an ib oldilar.
Ikkinchidan,
1970-y i 1 lardan
boshlab
iqtisodiy
sikllarning
sinxronlashuvi yuz bermoqda: ko'p chilik rivojlangan mamlakatlarda
iqtisodiy siklning yuksaltiruvchi va pasaytiruvchi bosqichlari deyarli
bir paytda boshlanayotganligi kuzatilmoqda.
Buning sababi - mamlakatlarning o 'z a ro bog'liqligining chuqur-
lashuvi,
yagona global
iqtisodiy
m akonning shakllanishi.
bir
mamlakat iqtisodiyotini butun jah o n iqtisodiy xo'jaligidan alohida
qarash mumkin b o 'lm a y qolganligidir. Jahon iqtisodiyotining bugungi
kundagi yangi axborot texnologiyalari asosida globallashuv jarayoni
iqtisodiy sikllarning sinxronlashuvini yanada intensivlashtirmoqda.
Dostları ilə paylaş: