N xolmatov. N. Im om ova makro va mikro



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/207
tarix02.10.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#151480
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   207
Makro va mikro iqtisodiyot.pdf. Xolmatov N.

Oaken qanuni
deb nomlangan qoidani asoslab berdi.
:
ik


Ouken qonuni 
quyidagicha: agar ishsizlikning amaldagi darajasi 
ishsizlikning tabiiy darajasidan 1 foizga yuqori bo'lsa, joriy YalMning 
potensialYalM ko'rsatkichdan ortda qolishi 2,5 foizni tashkil qiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, siklik ishsizlikning har bir foizi YalM bo'- 
yicha 2,5 foiz ortda qolishga sabab bo'ladi. Masalan, berilgan muddat 
(yil) mobaynida siklik ishsizlik 3 foizni tashkil qilgan bo'lsa, joriy 
YalMning potensialYalM ko'rsatkichdan ortda qolishi 7,5 foizga tengdir.
2.5 soni 
Ouken soni

Ouken param etri
(ko'rsatkichi) yoki 
Ouken
koeffisienti
deb ataladi. Statistikaning ko'rsatishicha, bu koeffisient 
turii mamlakatlarda va turli davrlarda 2 bilan 3 orasida o'zg arib turishi 
mumkin. IJning qiymati mehnat om ilining mahsulotni ishlab chiqa- 
rishdagi ahamiyatiga bog'liqdir.
Siklik ishsizlik potensial Y alM dan ortda qolishdan tashqari bosh- 
qa bir qator salbiy oqibatlarni ham yuzaga keltiradi. Yuqori ishsizlik 
natijasida aholining daromadlari kamayadi, y a ’ni to 'lo v g a layoqatli 
talab susayadi va agar davlat zarur chora-tadbirlarni ko'rm asa, 
so'n ishning yanada chuqurlashuviga olib keladi.
Aholi daromadlarining ishsizlik oqibatida pasayishi real ja m g 'a r -
malarning qisqarishiga olib keladi. Ja m g 'a rm a la r — investisiyalar man- 
bai bo'lgani tufayli, bunday jarayon investision imkoniyatlarning 
qisqarishiga ham olib keladi.
Davlat uchun esa, investisiyalarning va demak ishlab chiqarish 
hajmlarining qisqarishi tufayli byudjetga soliq tushumlari kamayadi.
Ishsizlikning yana bir salbiy oqibati shuki, u sababli mamlakat 
aholisining tabaqalashuvi yanada chuqurlashib ketadi. Ishsizlik yuki 
turli ijtimoiy guruhlarga turlicha t a ’sir qiladi. MaMumki, ishsizlik 
darajasi aynan m ehnat bozorida ko'p roq kamsililadigan aholi taba- 
qalari orasida yuqori bo'ladi. Bunday tabaqalarga o 'q u v yurtlarini 
endi tamomlagan va ish qidirayotan yoshlar, ozchiliklar, ayollar 
kiradi. A holining bu guruhi ko'pincha birinchi navbatda ishdan 
bo'shatiladi. A ynan shu guruhlarning daromadi avvaldan pastligini 
e ’tiborga oladigan bo'lsak. ishsizlik yuqori bo'lgan davrlarda daromad 
taqsimotidagi tengsizlik ham kuchayadi, degan xulosaga kelish 
mumkin. Bundan tashqari, shuni ham unutmaslik kerakki, ishsizlik 
oddiy iqtisodiy hodisa emas, balki u ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin