Yurak qisqarishlari tezligining oshishi (taxikardiya) bemor tomonidan «yurak urish» deb qabul qilinadi va ko’pincha rivojlanayotgan yurak patologiyasining birinchi belgisidir. Ba’zi vaqtlarda yurak o’ynashi asab regulyatsiyasi turg’un bo’lmagan sog’lom odamlarda paydo bo’ladi; bunday hollarda valeriana ildizi, ratsional jismoniy mashqlar samara beradi.