NAFAS TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA
ULARNING NAZORATI
Pulmonologiya (lot. pulmo –o’pka grek. logos- ta’limot) ichki kasalliklar bo’limi bo’lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishiva profilaktik tadbirlar o’tkazishni o’rganadi.
Nafas organlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va parvarishi 2 yo’nlishda olib boriladi.
Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quydagi parvarish va kuzatuv olib boriladi.
-bemorni umumiy ahvolini ko’zdan kechirish
-termometriya
-arterial qon bosimi va puls nazorati
-harorat varaqasini to’ldirish
-bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish
-sudna qo’yish
Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi simptomlari (xansirash, yo’tal, qon qusish va og’riq) bilan og’rigan bemorlarni kuzatish va parvarish qilish choralaridir.
Dostları ilə paylaş: |