Dorivor moddaning nomini o’qing, preparat haqidagi ma’lumotni bemorga yetkazing, muolajaning borishi haqida tushuntiring.
Qo’lingizni yuving.
Dorivor modda solinmagan ingalyatsiya ballonchasidan foydalanib, bemorga muolajaning bajarilishini ko’rsating.
Bemorni o’tqazing yoki uni turgan holatida bajaring, chunki turganda nafas olish samaraliroq bo’ladi.
Ingalyatordan himoya qalpoqchasini yeching.
Ballonchani to’nkarib, silkiting.
Bemordan chuqur nafas chiqarishni iltimos qiling; ingalyatorning mundshtukini bemorning og’ziga soling, bemor uni labi bilan mahkam qisib olsin; bemorning boshi orqaga sal egilgan bo’lsin.
Bemordan chuqur nafas olishni iltimos qiling va bir vaqtning o’zida ballonchaning tubini bosing.