65
Ikki shoxli froshtoss orqali qaytarma
sovutkich bilan jihozlangan, 150 ml
sig’imli tubi yumoloq kolbaga 1,2 ml toluol va 75 ml suv quyib, qaynab turgan suv
hammomida qizdiriladi. Reaksion aralashmani chayqatib turib,
unga bir soat
davomida oz-ozdan 3,4 gr kaliy permaganat solinadi. Aralashmani tez-tez
chayqatib turib, qizdirish yana 4
soat davom ettiradi, bunda eritma rangsizlanadi.
Agar reaksion aralashmaning rangi o’zgarmasa unga bir necha tomchi etil spirt
quyib rangsizlantiriladi.
Reaksion aralashma sovutiladi, cho’kmaga tushgan
marganes (IV)-oksid filtrlanadi va ikki marta 10-15 ml qaynoq suv bilan yuviladi.
Filtratlarni qo’shib suv hammomida 10-15 ml hajmga kelguncha bug’lantiriladi,
cho’kmaga tushgan marganes (IV)-oksidni
yana filtrlab, ozroq qaynoq suv bilan
(taxminan 10 ml) yuviladi. Filtratlarni va yuvilgan suvni qo’shib chinni kosachada
7 – 10 ml qolguncha bug’latiladi. Filtratga suyultrilgan xlorid kislota (1:1)
tomizilib, benzoy kislota cho’kmaga tushiriladi.
Benzoy kislota filtrlab olinib, oz
miqdordagi muzli suv bilan yuviladi va havoda quritiladi. Benzoy kislota miqdori
1 gr atrofida.
Benzoy kislota – plastinkasimon rangsiz kristall modda,
sovuq suvda
yomon eriydi, qaynoq suvda yaxshi eriydi (1 litr suvda 18
0
C da 2,7 gr, 100
0
C da 59
gr). Xloroform, atseton, benzol va metil spirtlarda yaxshi eriydi.
Molekulyar
massasi 122,12; suyuqlanish temperaturasi 122
0
C, qaynash temperaturasi 249
0
C;
d-1,2659.
Sifat reaksiyasi: 1 ml benzoy kislotaning suvdagi eritmasiga tomchilatib
0,3 foizli vodorod peroksid hamda 1-3 foizli temir (III)
xlorid eritmasidan
qo’shiladi. Probirka qaynab turgan suvga tushirilganda qizil-binafsha rang hosil
bo’ladi (benzoy kislota oksidlanganda temir (III) xlorid bilan rang beruvchi salitsil
kislota hosil bo’ladi).
Dostları ilə paylaş: