84
oshirmasdan, aralashtirib turgan holda sekin 5,5 ml bromning 20 ml muz sirka
kislotadagi eritmasi qo’shiladi. 8-10 minutdan so’ng reaksiya nihoyasiga yetadi va
reaksion aralashma ozroq muzli 300 ml suvga quyiladi. So’ngra unga eritma va
cho’kma rangsizlanguncha natriy gidrosulfid eritmasi qo’shiladi. n-
bromatsetanilidning oq cho’kmasi Byuxner voronkasida filtrlanadi va
gidrolizlanadi. Buning uchun
n-bromatsetanilid 500 ml sig’imli tubi yumaloq
kolbaga solinadi, unga 150 ml suv, 50 ml konsentrlangan xlorid kislota qo’shiladi
va qaytarma sovitgich bilan 30 minut davomida qizdiriladi. Sovigandan so’ng
ishqoriy muhit hosil bo’lguncha natriy gidroksidning 20% li eritmasi qo’shiladi va
hosil bo’lgan
n-bromanilin suv bug’i bilan haydaladi
. n-Bromanilin forshtossda
qotib qolishi mumkin, shu sababli vaqti-vaqti bilan sovitgichdagi suv oqimi
to’xtatib turiladi yig’gich kolbada yig’ilgan
n-bromanilin filtrlanadi va havoda filtr
qog’oz orasida quritiladi.
n-Bromanilin miqdori 10 g.
n-Bromanilin – qattiq modda, suvda erimaydi, spirtda va efirda oson eriydi.
Molekulyar massasi 172,04, suyuqlanish temperaturasi 64-65
0
C.
Dostları ilə paylaş: