Naftion kislota (natriyli tuzi)



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111
212 XTF ga tasha

Sifat reaksiyasi: Anilinning oksidlanishi. 
1. Probirkada 4 tomchi anilin 10 ml suvda eritiladi, bir necha tomchi 
xlorid kislota qo’shiladi va kaliy bixromatning kristallaridan bir necha donasi 2 ml 
suyultirilgan sulfat kislotada eritiladi. Aralashma ehtiyotlik bilan qizdirilganda to’q 
yashil rang va qora cho’kma hosil bo’ladi («qora anilin»). 
2. Probirkaga 2 tomchi anilin, 20 ml suv va 2-3 tomchi xlorli ohak 
eritmasidan qo’shiladi. O’ziga hos binafsha rang hosil bo’ladi. 
o-Aminofеnol sintеzi 
OH
NO
2
+ NaOH + Na
2
S + CO
2
+ H
2
O
OH
NO
2
+ NaHCO
3
+ Na
2
SO
3
 
Sintezni bir kunda tugatish zarur
Reaktivlar: 15 g o-nitrofenol, 4,3 g natriy gidroksid, 75 g kristall holidagi 
natriy sulfid, natriy gidrosulfat, etil spirt. 
75 g kristall holdagi natriy sulfid chinni kosachada ochiq alangada 
suyuqlantiriladi. Shu bilan bir vaqtda natriy o-nitrofenolyat tayyorlanadi. Buning 
uchun chuqur chinni hovonchada 4,3 g natriy gidroksid eritiladi va unga 15 g o-
nitrofenol va 7,5 ml suv solinadi. Aralashma qizil rangli quyuq pasta hosil 


101 
bo’lguncha ishqalab aralashtiriladi. Suyuqlangan natriy sulfid massasiga 110-
115
0
C da (undan ortmasligi kerak) oz-ozdan aralashtirib turib, asta-sekin shpatel 
bilan natriy ortanitrofenolyat qo’shiladi. So’ngra reaksion aralashmani aralashtirib 
turib 45 minut 125-130
0
C da qizdiriladi. Reaksiya tamom bo’lganligi quyidagicha 
aniqlanadi: 1 tomchi qotishma suvda butunlay erib ketishi kerak. Reaksiya tugashi 
bilan qizdirish to’xtatiladi va qotishma 230 ml suvga quyilafi. Hosil bo’lgan 
aralashma burma filtr orqali filtrlanadi va issiq filtratga erkin ishqorni nitrallash va 
o-aminofenolni ajratib olish uchun karbonat angidrid yuboriladi. 
Karbonat angdridni mo’rili shkaf ostida yuborish kerak, chunki bunda 
vodorod sulfid ajralib chiqadi. Suyuqlik namunasiga ozroq suyultirilgan natriy 
bisulfit eritmasi qo’shilganda ko’pirmaguncha karbonat angidrid yuborish davom 
ettiriladi. Natriy bisulfitli namuna yana reaksion massaga quyiladi. Eritma xona 
temperaturesigacha sovitilgandan so’ng o-nitrofenol filtrlanadi, 2 ml 40% li natriy 
bisulfit eritmasi qo’shilgan 15-20 ml muzli suv bilan yuviladi. So’ngra yana (10 
ml) suv va (10 ml) etil spirt bilan yuviladi. o- aminofenol kristallari voronkada 
siqiladi va 100-110
0
C da quritiladi. o- aminofenol miqdori 9 g atrofida. 
o-Aminofenol (o-oksianilin) – rangsiz kristall modda, tashqi ko’rinishi 
ignaga o’xshaydi, suvda, spirtda, efirda, benzolda kam eriydi. Suyuqlanish 
temperatirasi 174
0
C, sublimatlanadi. Uzoq turib qolganda jigar ranggacha 
bo’yaladi. Molekulyar massasi 109.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin