100
keyin uning qolgan qismi (70 ml) 8-10 ml li portsiyalarga bo’lib qo’shiladi. Agar
qaytarilish reaksiyasi shiddatli borsa, kolba suv bilan sovitiladi. Xlorid kislotaning
hammasi qo’shib bo’lingach kolba vaqti-vaqti bilan
chayqatib turilgan holda
qaynayotgan suv hammomida 30 min davomida qizdiriladi. Nitrobenzol hidi
chiqmay qolishi reaksiya tamom bo’lganidan darak beradi. So’ngra aralashmaga
ishqoriy muhit hosil bo’lguncha ehtiyotlik bilan 30 g natriy gidroksidning 40 ml
suvdagi eritmasi qo’shiladi. Bunda suv bug’i bilan
haydash asbobi tayyorlab
qo’yilgandan keyin, aralashmaga ishqor eritmasi quyiladi, aks holda, anilinning bir
qismi bug’lanib ketishi mumkin. Anilin qaynoq reaksion aralashmadan suv bug’i
bilan haydab olinadi. yig’gich kolbada yig’ilgan suvli emulsiya asta-sekin
qavatlarga ajratiladi. Sovitgichdan rangsiz distilyat ajrala boshlagandan so’ng yana
80 ml ga yaqin suyuqlik haydaladi. Anilin suvda sezilarli darajada eritdi. Shu
sababli uni mumkin qadar to’la ajratib olish uchun hayadab olingan mahsulot osh
tuzi bilan to’yintiriladi. Buning uchun har 100 ml distilyatga 20 g yaxshi
maydalangan natriy xlorid qo’shiladi. Aralashtirib turilgan holda osh tuzi eritiladi
va anilin ketma-ket 40, 20 va 20 ml efir bilan ekstraksiyalab ajratib olinadi.
Ekstraktlarni qo’shib kaliy gidroksidning bir necha qattiq bo’lakchalari
bilan
quritiladi va asbobdan uzoqroqda, 65-70
0
C gacha isitilgan suv hammomida efir
haydaladi. Efir haydalib bo’lingandan keyin o’sha kolbadan havo sovitgichi orqali
anilin haydaladi. Anilin miqdori 30 g atrofida.
Anilin (aminobenzol) – o’ziga hos hidli, rangsiz yoki och sariq rangli
suyuqlik, yorug’lik ta’sirida va havoda qorayadi, suvda yomon eriydi (20
0
C da 3%
va 100
0
C da 6%), spirt, efir, benzol bilan aralashadi. Molekulyar massasi 93,14;
suyuqlanish temperaturasi 6,15
0
C; qaynash temperaturasi 184,4
0
C;
20
4
d
1,0217;
20
D
n
1,5863.
Anilin kuchli zahar.
Dostları ilə paylaş: