117
Toza va quruq prabirkaga 2 ml dan quyidagi: birinchisiga etil, ikkinchisiga
izopropil va uchunchisiga amil sipirtlari solinadi. Har bir probirkaga Na metali
bo’lakchalari solinadi. Reaksiya tezligi kuzatiladi.
Raksiya tenglamalarini yozing.
2. Rux xlorid eritmasi bilan ta’siri (Lukas namunasi)
Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni bir-biridan farq qilishi uchun
spirtlarning konsentirlangan
xlorid kislotadagi ZnCl
2
eritmasi bilan ta’sirida
radikal bilan bog’langan oksigruppa o’zgaruvchanligiga qarab aniqlanadi.
ROH+HCl
2
ZnCl
RCl +H
2
O
Uchlamchi spirtlar bu reaktiv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Suvda
erimaydigan galogenalkillar hosil qilinadi. Birlamchi
spirtlar esa uzoq muddatli
qizdirishdan song ta’sirlashadi. Ikkilamchi spirtlar oraliq o’rinni egallaydi.
1,6g ZnCl
2
ning 1ml HCl dagi eritmasi tayyorlanadi va 3 qismga ajratiladi.
Har bir qismga 3-4 tomchidan mos holda birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi
spirtlar solinadi. Kuchli qozg’atilib 25
o
-30
o
C suv solingan stakanda qoldiriladi.
Reaksiya boshlanganligini eritmaning galogenalkil hosil bo’lishi hisobiga
loyqalanishidan bilish mumkin. Har bir probirkada
loyqalanish vaqti belgilanadi,
uchlamchi va ikkilamchi spirtlarni quyidagicha ZnCl
2
siz farq qilish mumkin.
Bunday hollarda uchlamchi spirtlar konsentirlangan HCl bilan 3-5
minutda
ta’sirlashadi. Ikkilamchi spirtlar esa reaksiyaga kirishmaydi.
Dostları ilə paylaş: