Naftion kislota (natriyli tuzi)


Bromli suv bilan reaksiyasi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
212 XTF ga tasha

 2.Bromli suv bilan reaksiyasi 
Fenol, α- va ß-naftollarni 1 ml dan suvli eritmalari tayyorlanib, har bir 
eritmaga doimiy silkitilgan holda 1 ml dan bromli suv qo’shiladi. Hosil bo’lgan 
cho’kmaga bromli suvdan ortiqcha miqdorda qo’shilib yuz beradigan o’zgarish 
kuzatiladi. Reaksiya tenglamasini yozing. 
3.Fenollarning diazobirikmalar bilan ta’siri. 
Fenolning bir nechta kristallchasini 1,5 ml 15 %li NaOH eritmasida eritilib 
filtr qog’ozga shisha tayoqcha yordamida eritmasidan va p-diazo 
benzolsufokislotadan hosil bo’ladigan dog’lar bir biri bilan tutashadigan qilib 
tomiziladi. Tutashgan joyda hosil bo’lgan rangga qarab fenol mavjudligi 
aniqlanadi. p-diazobezol sulfa kislotasi eritmasini tayyorlash uchun 5 ml suvdagi 
0,1 gr sulfanil kislotaga doimiy chayqatilgan holda 0,5 ml 10 % li NaNO
2
eritmasidan quyiladi. 
4.Fenollarning ishqorlar bilan o’zaro tasiri (fenollarni spirtlardan farqi) 
Probirkaga fenolning bir necha kristalchasini joylashtiramiz.Doimiy 
chayqatib 5 % NaOH eritmasidan kristallar erib ketguncha oz-ozdan solinadi.Bir 
vaqtning ichida boshqa probirka 0,2-0,3 ml butil yoki (amil) spirtdan quyiladi va 
ishqor qo’shiladi.Olingan natijalarni solishtirib ko’ring reaksiya tenglamasini 
yozing. 
5.Ko’p atomli fenollarni Ag
2
O ning ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi 
(rezorsin, gidroxinon, piragollol) 
1 ml dan ko’p atomli fenol solingan har bir probirkaga 0,5 ml kumush 
oksidning ammiakli eritmasidan solinadi va suvli hammomda qizdiriladi.Metal 
ko’rinishidagi kumushnig qora cho’kmasi hosil buladi. Probirkalarda sodir bo’lgan 
o’zgarishlarni tushuntiring va reaksiyalarni yozing. 
Aldegid va ketonlarga xos sifat reaksiyalar 
1. Yodoformli proba. 
1 tomchi asetonli 1 ml suvga avval 2 tomchi kons. yodning kaliy yodiddagi 
eritmasidan va shundan so’ng 10 % li NaOH eritmasidan tomchilatib solinadi. 
Yodning rangi o’zgaradi va ko’p miqdorda yodoform ajraladi. Sovuqda cho’kma 
hosil bo’lishi aseton uchun hosdir. Boshqa birikmalar uchun aralashmani qizdirish 
kerak bo’ladi. 


119 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin