2.Bromli suv bilan reaksiyasi Fenol, α- va ß-naftollarni 1 ml dan suvli eritmalari tayyorlanib, har bir
eritmaga doimiy silkitilgan holda 1 ml dan bromli suv qo’shiladi. Hosil bo’lgan
cho’kmaga bromli suvdan ortiqcha miqdorda qo’shilib yuz beradigan o’zgarish
kuzatiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
3.Fenollarning diazobirikmalar bilan ta’siri. Fenolning bir nechta kristallchasini 1,5 ml 15 %li NaOH eritmasida eritilib
filtr qog’ozga shisha tayoqcha yordamida eritmasidan va p-diazo
benzolsufokislotadan hosil bo’ladigan dog’lar bir biri bilan tutashadigan qilib
tomiziladi. Tutashgan joyda hosil bo’lgan rangga qarab fenol mavjudligi
aniqlanadi. p-diazobezol sulfa kislotasi eritmasini tayyorlash uchun 5 ml suvdagi
0,1 gr sulfanil kislotaga doimiy chayqatilgan holda 0,5 ml 10 % li NaNO
2
eritmasidan quyiladi.
4.Fenollarning ishqorlar bilan o’zaro tasiri (fenollarni spirtlardan farqi) Probirkaga fenolning bir necha kristalchasini joylashtiramiz.Doimiy
chayqatib 5 % NaOH eritmasidan kristallar erib ketguncha oz-ozdan solinadi.Bir
vaqtning ichida boshqa probirka 0,2-0,3 ml butil yoki (amil) spirtdan quyiladi va
ishqor qo’shiladi.Olingan natijalarni solishtirib ko’ring reaksiya tenglamasini
yozing.
5.Ko’p atomli fenollarni Ag 2 O ning ammiakli eritmasi bilan oksidlanishi (rezorsin, gidroxinon, piragollol) 1 ml dan ko’p atomli fenol solingan har bir probirkaga 0,5 ml kumush
oksidning ammiakli eritmasidan solinadi va suvli hammomda qizdiriladi.Metal
ko’rinishidagi kumushnig qora cho’kmasi hosil buladi. Probirkalarda sodir bo’lgan
o’zgarishlarni tushuntiring va reaksiyalarni yozing.
Aldegid va ketonlarga xos sifat reaksiyalar 1. Yodoformli proba. 1 tomchi asetonli 1 ml suvga avval 2 tomchi kons. yodning kaliy yodiddagi
eritmasidan va shundan so’ng 10 % li NaOH eritmasidan tomchilatib solinadi.
Yodning rangi o’zgaradi va ko’p miqdorda yodoform ajraladi. Sovuqda cho’kma
hosil bo’lishi aseton uchun hosdir. Boshqa birikmalar uchun aralashmani qizdirish
kerak bo’ladi.