2. Chumoli aldegidning rezorsin bilan reaksiyasi. Probirkaga 3 ml 0,5 % li rezorsin eritmasi va 1 ml 10 % li formaldegid
eritmasi qo’shiladi. Pipetka yordamida idish devorlaridan 1-2 ml kons. sulfat
kislota solinadi. Ikki suyuklikning sirt yuzasida pushti rang hosil bo’ladi.
3. Tollens reaksiyasi (kumush ko’zgu reaksiyasi) Kichkina probirkada 1 ml yangi tayyorlangan 10 % kumush nitrat
eritmasini 1 ml 2 normalli natriy ishkor eritmasi bilan aralashtiriladi.Aralashmaga
tomchilatib 25 % ammiak eritmasidan cho’kmaga tushgan AgOH cho’kmasi erib
ketguncha solinadi.Aniqlanayotgan spirtli moddadan 1 necha tomchi quyiladi.Agar
aniqlanayotgan modda tarkibida aldegid mavjud bo’lsa tezda kumush ajralib chiqa
boshlaydi.Agar reaksiya sodir bo’lmasa probirka suvli hammomga joylashtirib 50-
60 gradusgacha qizdiriladi.Shunga o’hshash reaksiyani ko’p atomli fenollar,
deketonlar va ayrim aramatik aminlar beradi.
DIQQAT!!! Kumushni ammmiakli eritmalarini reaksiyadan keyin tezda
xlorid kislota solingan idishga to’kish kerak va idishni suv bilan yuvib tashlash
kerak. Agar yuvilmasa uzok turishi davomida hech kanday sababsiz portlaydigan
kumush brikmasi hosil bo’ladi.
4. Aldegid va ketonlarning Feling reaktivi bilan o’zaro ta’siri. 0,05 gr namunali probirkani va feling suyukligini 3-5 minut davomida
qaynatilayotgan suv hammomida qizdiramiz. Sariq yoki qizil rangli Cu
2
O
cho’kmaga tushishi aldegid borligini tasdiqlaydi. Reaksiya tenglimasini ifodalaydi.
Aminlarninga xos sifat reaksiyalar 1. HNO 3 bilan reaksiya. Birlamchi alifatik aminlar nitrat kislota ta’sirida ularga mos keluvchi
spirtlarga
aylanadi.
Reaksiya
tenglamasini
yozing.
Aromatik
aminlar
diazobrikmalarga aylanadi va ular o’z navbatida azo bo’yoqlariga aylanadi.
2. a) 0,2 gr sulfaanil kislotaning 0,5 ml 2 normalli natriy ishqordagi
eritmasini tayyorlaymiz va uning bir tomchisini filtr qoqozga tomizamiz. Hosil
bo’lgan dog’ga 10 % li natriy nitritdan tomizamiz. 1 normal HCl dan va 2 n NaOH
dan tomizamiz. 1n HCl dagi va 2 n NaOH dagi betta naftal eritmasidan tomizamiz.
Birdan zargaron rang hosil bo’ladi.