120
korbanat solinadi. Yashil rang paydo bo’lgandan so’ng 2 ml efir qo’shilib
chayqatiladi. Efir qatlami 2-nitroza dimetilanilin zumrad yashil rangga kiradi.
3. p-tolilsulfoxlorid bilan reaksiyasi
Birlamchi,
ikkilamchi, uchlamchi aminlarni 2-tolilsulfoxlorid bilan
reaksiyasiga ko’ra ajratish mumkin. Birlamchi aminlar to’yingan
va aromatik
aminlar kabi 2-tolilsulfoamidin birikmalar hosil qiladi. Bunday amidlar natriy
ishqorining mol eritmasida eriydi. Ikkilamchi aminlar yuqorida ko’rsatilgandek
amidlar hosil qiladi. Uchlamchi va to’rtlamchi aminlar ammoniyli asoslar 2-
tolilsulfoxlorid bilan reaksiyaga kirishmaydi.
4. Hingidron bilan reaksiyasi
Aminlar ko’plab rangli reaksilar beradi. Bu ularni aniqlashning asosiy usuli
hisoblanadi. Hosil bo’lgan aralashmaning rangi (Hingidron bilan reaksiya) amin
harakteriga bog’liq. Birlamchi aminlar-zarqaldoq rang,
ikkilamchi aminlar qizil,
uchlamchi aminlar qizqish rangni nomayon qiladi.
5. 0,5 ml 5 % amin yoki uning tuzi 50 % li spirtdagi eritmasiga metil
spirtdagi 2-5 % li Hingidrondan 1 ml qo’shamiz.1-2 min o’tgandan keyin eritma 2
ml 50 % spirt bilan suyultiriladi yuz bergan o’zgarish kuzatiladi. Agar aminlarni
tuzi ishlatilsa 1-2 tomchi 0,1 n natriy ishqor eritmasi bilan ishqorlangandan keyin
hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: