VI – SEMESTR I. AMINO- GURUHNI HIMOYALASH, SO’NGRA YADROGA ELEKTROFIL ALMASHINISH REAKSIYALARINI OLIB BORISH. Tajriba №1 p-Nitrozo-N,N-dimetilanilin xlorgidratining sintezi Diqqat tajriba mo’rili shkafda bajariladi..... Reaktivlar: 13 ml dimetilanilin, 190 ml dioksan, 5 ml brom, kaliy
gidroksid (40 % li eritmasi), etil spirt.
N(CH
3
)
2
N(CH
3
)
2
Br
+Br
2
(dioksanda)
-HBr
Sig’imi 500 ml li uch og’izli kolba aralashtirgich, tomizgich voronka va
termometr bilan jihozlanadi (33-rasm). Kolba germetik ravishda berkilib
qolmasligi uchun aralashtirgich zatvorsiz keng teshikli probka orqali reaksion
kolbaga tushiriladi.
33-rasm. Mexanik aralashtirib turib reaksiya o’tkaziladigan asbob: 1-aralashtirgich; 2-tomizgich voronka; 3-sovutgich; 4-tubi yumaloq uch og’izli kolba. Kolbaga 13 ml dimetilanilinning 30 ml dioksandagi eritmasi va 5,6 gr kaliy
gidroksidning 20 ml suvdagi eritmasi quyiladi. Qattiq aralshtirib turib
(aralashtirgichning uchi kolbaning tubiga yaqin tushirilgan bo’lishi kerak) va muzli
suvda sovutib, tomizgich voronkadan 5 ml bromning 160 ml dioksandagi eritmasi
qo’shiladi, bunda reaksion aralashmaning temperaturasi 5
0
C dan ko’tarilmasligi
kerak. Odatda brom qo’shish 2 soat davom etadi. Organik moddalar qavati ajraladi
va natriy gidroksidning 40 % li 15 ml eritmasida yuviladi. So’ngra dioksan
vakkumda haydab olinadi, qoldiq esa spirtda qayta kristallanadi. Suyuqlanish
temperaturasi 52-54
0
C bo’lgan 15 gr p-brom-N,N-dimetilanilin olinadi. p-brom-
N,N-dimetilanilin-qattiq modda, suvda erimaydi, spirtda va efirda eriydi.
Molekulyar massasi 200,08; suyuqlanish temperaturasi 264
0
C (760 mm sim.ust.).