5. HCl ni metilamin, dimetil amin va piridin bilan reaksiyasi o’tkaziladi.
6. Metil yodid bilan tasiri
Uchlamchi aminlar metil yodid bilan oson yahshi kristallangan to’rtlamchi
ammoniy asosli tuzlar hosil qiladi.
Karbon kislotalarga xos sifat reaksiyalar
1. Kislotalikni aniqlash.
Karbon kislotalarning spirt suvli eritmalari lakmusda kongo yoki universial
indikatorlarga kislotali ta’sir ko’rsatadi.Aniqlanayotgan moddaning spirt suvli
eritmasida universial indikator qog’oziga tomizamiz.Agar tekshirilayotgan modda
tarkibida kislota bo’lsa indikator rangi kislotalikka boqliq holda rangi
o’zgaradi.Shuni e’tiborga olish kerakki sulfat kislotalar,nitrofenollar vodorod
atomiga ega bo’lgan ayrim moddalar korbaksil COOH gruppasi bo’lmasi ham
rangi o’zgarishi mumkin.
2. Karbon kislotalarning NaHCO
3
ga ta’siri
3 ta probirkaga 5 % li soda eritmasidan 3-5 ml dan quyamiz va 2
tomchidan 1-siga sirka kislotadan ,2-siga chumoli kislotadan,3-siga 2-3 dona
oksalat
kislota
kristalidan
solamiz
karbonat
angidridni
chiqishini
121
kuzatamiz.Tekshirilayotgan moddaga natriy dikarbonat qo’shilganda karbonat
angidrid ajralib chiqishi eritma tarkibida korboksil gruppa borligini ko’rsatadi.
3. Karbon kislotalarning erimaydigan tuzlarini hosil qilish.
Karbon kislotalarning mavjudligini aniqlash uchun suvda ham eriydigan
kumushli,qo’rqoshinli ayrim hollarda bariyli tuzlarni hosil qilishda foydalanish
mumkin.Bu tuzlar karbon kislotalarni natriyli tuzlar eritmasiga kumush,qo’rqoshin
yoki bariy xlorid tuzlari eritmasi qo’shilganda cho’kmaga tushadi.Agar yuqorida
ko’rsatilgan jarayon spirtli muhitda o’tkazilganda unda namunani suv bilan
suyultirib organik tuzlar bilan cho’kadigan mineral tuzlarni eritish
mumkin.Tekshirilayotgan moddaning 1 ml ga pH=7-8 bo’lgunga qadar natriy
ishqor eritmasi qo’shiladi.Hosil bo’lgan natriyli tuz eritmasiga kons. kumush nitrat
,bariy xlorid eritmasi kiritilib cho’kma hosil qilinadi.Cho’kma hosil bo’lishi
karbon kislota mavjudligini ko’rsatadi.
|