YANGI TAHRIRDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI Yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash hisoblanadi. Yangi konstitutsiyaning 50-moddasida har kim ta’lim olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yildi. Xususan, davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratida. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanaydi degan moddaning mavjudligi ham “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” konseptual g‘oyasining amaliy ifodasi ekanligini ko‘rsatadi.
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni bilan “O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI” qabul qilindi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish. Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish