“najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” G‘oyasining mohiyati


MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM MUASSASALARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISH



Yüklə 7,61 Mb.
səhifə4/7
tarix03.12.2023
ölçüsü7,61 Mb.
#171888
1   2   3   4   5   6   7
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” g‘oyasining

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM MUASSASALARI TARMOG‘INI KENGAYTIRISH
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangi bog‘chalarni qurish uchun 2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi hamda 2030-yilga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga yetkazish maqsad qilingan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 27,7 foizdan 62,4 foizga, MTTlar soni 5211 tadan 19316 ga yetkazildi.
Mamlakatda Prezident maktablari, maxsus iqtidorli bolalar maktablari, ijod maktablari va «Temurbeklar maktabi» tashkil etildi. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-mulohazalari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi.
OLIY TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISH
Mamlakatda oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
2017–2021 yillarda oliy ta’lim muassasalari soni ikki barobar oshirilib, 2016-yildagi 77 tadan 141 taga yetdi, oliy ta’limga qabul kvotasi ham 3 barobar oshirilib, 28 foizga yetkazildi. 2022 yilda ushbu ko‘rsatkichni 38 foizga yetkazish maqsad qilingan. Yosh ayol-qizlarning ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratilib, 3 ming nafardan ortiq qiz uchun alohida grantlar ajratilgani ham ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI
2020-yilda davlat organi –
Yoshlar ishlari agentligiga
asos solindi.
Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida esa Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 7,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin