Marosimlar:
Momo Havoga (Eva) va Bibi Maryamga sig’inish marosimi ayollar orasida keng tarqalgan bo’lib, bu marosimda “ayollar Momo Havo sizlarga doimo homiylik qiladi”, degan g’oya mujassam bo’lgan.
“Avliyolarga” sajda qilish, tabarruk narsalarga va mumiyolangan avliyolar jasadiga sig’inish marosimi ham mavjud, Masalan, G’arbiy Evropa cherkovlari va monastirlarida dindor ko’rib sig’insin degan maqsadda go’yoki Isoning sochi, timoqlari, kiyimlari, qizil plashi, Momo Havoning suti, Iso mixlangan xoch qo’yilgan. Ularda yana avliyolar: Matfey, Luka, Pyotr, Yulianlaming jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ulami taof qiladilar.
Turli vaqtlarda butlami yangilash, “yig’lovchi” butlar, o’zi yonadigan shamlar, mo”jizali davolash kabi mo”jizalar ko’rsatish ham keng tarqalgan.
Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashchenie, nikoh, cho’qintirish ham katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi.
Katolik cherkovlarida diniy xizmat paytida, avlodlar xotirasiga sham yoqish odati ham keng tarqalgan.
Rim papasi katolitsizmi boshqa xristianlik yo’nalishlaridan qat’iy markazlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Katolik cherkovi tepasida Rim papasi turadi. Papa-lotincha ota degani bo’lib, papa barcha katoliklaming “ruhoniy otasi” hisoblanadi. Papa o’z siymosi, e’tiqodi bilan, ahloq-odobi, bilimdonligi, xudojo’yligi bilan barcha katoliklarga namuna hisoblanadi. U gunohdan xolis erdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi.
Papa kardinallar, ya’ni oliy darajadagi ruhoniy-Iaming vakillari kollegiyasi tomonidan umrbod muddatga saylanadi. Papalik mansabiga nomzod bo’lgan ruhoniy ovozlaming kamida 2\3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o’tgan kishi o’zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o’ziga yangi ism oladi.
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo’lib, uning davlatga xos o’z bayrog’i, gerbi, chegarasi, politsiyasi, oliy organlari mavjud.
Pravoslavie yo’nalishiningaqidaviy ta’limotlari.
Pravoslavie aqidalaridan iborat ta’limotlar jahon sobor yig’ilishlari tomonidan qabul qilingan e’tiqod ramzlaridir.
1-aqida: bir tanada uch qiyofada namoyon bo’ladigan ota, o’g’il xudolarga, muqaddas ruhga iymon keltirib, ular dunyoni ikkita qilib yaratgani, barcha narsalarni yo’qdan bor qilgani va olamning egasi, boshqarib turadigan yagona hokimi mutloq deb ishonish, Muqaddas ruh
ota xudodan paydo bo’lgan deb tasaw ur qilinadi. Isoning oyoq qo’lidan mixlanib o’ldirilishi va tirik holda osmonga chiqib ketganligi, u yana Er yuziga qaytib kelishi, adolatli jamiyat o’matishga ishonish.
2-aqida: cherkov gunohdan pokligi, aqidalaming o’zgarmasligini e’tirof etish aqidasi. Bu aqidaga ko’ra cherkovni dastlab Iso barpo etgan, so’ngra u o’zidan keyin o’miga avliyo Pyotrni qoldirganligi uchun cherkovlar gunohdan holi-forig’ hisoblanadi. Pravoslavie yo’nalishidagi ruhoniylar va xudojo’y taqvodorlar diniy aqidalar xudoning inoyati bilan bandalarini to’g’ri yo’lga boshlovchi «muqaddas haqiqatlar» bo’lganligi uchun ular hech o’zgarmaydi, abadul-abad turadi, ulami ozaytirish ham, ko’paytirish ham mumkin emas, deb hisoblaydilar.
3-aqida: Isoning onasi Bibi Maryamga, avliyolar va cherkov deb e’lon qilgan ruhoniylarga sig’inish aqidasi ham kuchli ta’limot hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |