Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə28/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Protestant yo’nalishi

XVI-asrdan boshlab Evropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o’rta darajadagi savdogarlar, ziyolilarga bosh bo’lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab chiqarib, bozor munosabatlariga o’ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar fanlaming rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o’matmay, vijdon erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o’matib bo’lmas edi. Kapitalizm o’ziga asosiy raqib bo’lgan feodalizmni, cherkov va xristianlikning qarshiligini engibgina rivojlanishi mumkin edi. Xususan, katolitsizm cherkovlari, Rim papasi o’rta asrlar tuzumi feodalizmning



65


tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo’lib, bunga qarshi reformatsiya harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloitsizm harakatlari Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, ya’ni burjuaziyasi turdi.

Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik cherkovini isloh qilishni, Rim papasi qaromog’idan Germaniyadgi cherkovlarga ajratib mustaqil bo’lishni targ’ib qildi. 1517 yilda Martin Lyuter cherkov eshigiga o’zining 95 ta tezisni yopishtirib qo’ydi. Bu tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgentsiya sotishini, Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog’idan ozod etishni talab qildi. Lyuteming bu talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan kutib olindi. Mamlakatda katolik cherkovining zulmiga va zo’ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Bundan qo’rqib ketgan hokimiyat egalari bo’lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada feodalizm saqlanib qoldi.


“Protestantlar” degan nom 1529 yilda “Protestantsiya” deb atalgan hujjatga, ya’ni ruhoniy va dunyoviy feodal-laming umumgerman s’ezdi lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq bo’ldilar, bu bitimga ko’ra, har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni: Lyuteranchilikni yoki katolitsizmni tanlab olish huquqiga ega bo’lgan ega bo’lgan edi. Natijada “mamlakatda kirn hukmron bo’lsa, shuning dini hukmron bo’ladi”, degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy olami deb nom olgan bu bitim protestantsizmning Germaniya bo’ylab keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, boshqa islohchi oqimlaming izdoshlarini ham protestantlar deb atay boshladilar.


XVI asming o’rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida qatnashgan Shveytsariya, Angliya, Shvetsiya, Daniya va Norvegiya mamlakatlari ham katolitsizmdan chiqdi. So’ngra xuddi shunday ish



66


Belgiya, Gollandiya va Frantsiyada ham ro’y berdi. Bu ishlar Chexiya, Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy Amerikaga va Evropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira boshladi.

Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi kurash boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni «tuzatish», isloh qilishni, o’z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni maqsad qilib qo’ydi.


Protestantsizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon bo’lishi, jonning o’lmasligi, jannat va do’zax (katolitsizmdagi a’rofdan tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g’risidagi umumxristian tasavvurlami e’tirof etadi.





Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin