legova shohidlari firqasi 1872 yilda adventistlardan ajralib chiqqanlar tomonidan tashkil qilingan va o’zlarini “legova shohidlari” deb ataganlar. Ular Iso bilan shayton o’rtasida muqaddas jang - armagedon bo’lib, unda Iso engib chiqadi, u o’matgan 1000 yil davom qiladigan jannat va jamiyatda legova shohidlari yashaydi, qolganlari esa armageddonda qirilib ketadi, deb ta’lim beradilar. “legova shohidlari” kelajakda g’azzovot, ya’ni diniy urush bo’lishini bashorat qiladilar, bu jihatdan bu sektani insonparvar sekta deb bo’lmaydi.
Iegovistlar markazi AQShdagi Nyu-York shahri yaqini-dagi Bruklik shahrida joylashgan. Iegovistlar jamoasi 15-20 kishidan tashkil topgan. Barcha guruh boshida “xizmatkor”, ya’ni rahbar turadi. Iegovistlar “Soqchilik minorasi” va “Informator” nomli jumallar chiqaradi va ellik tilda tarqatadilar (yashirin ravishda).
legovo shohidlari AQShni “xudo yorlaqagan davlat” deb e’lon qilib, AQSh “shayton kuchlarini” yo’q qilish uchun xudo tomonidan tayinlangan, deb hisoblaydilar.
YuISA agentligi legovo shohidlarini mablag’ bilan ta’minlab bormoqda. Ahloq sohasida Iegovachilar o’z a’zola-riga: “Kabutardek beozor ilondek mug’ombir bo’ling” deb nasihat qiladi.
Ilk xristianlik firqasi. Ilk xristianlik firqasi 1-2 asrlarda xristian diniy ta’limoti shakllanishi davrida vujudga kelgan sektalardir. Xristianlik hech qachon yaxlit din bo’lmagan. Xristianlikning eng ilk asari “Ioann vahiynomasi” da xristianlaming turli guruhlari (Nikolantlar) Vaalam tarafdorlari, ayol payg’ambar Iezavela tarafdorlari) eslatib o’tilgan.
Ebionitlar sektasi (kambag’allar) yahudiylar marosimla-rini bajarishni tark qilmagan dastlabki xristianlar bo’lib, ular tamomila tarki dunyo qilishga da’vat etganlar. Isoning ikkinchi marta qaytib kelishini kutganlar, boylikka qarshi chiqqanlar. Isoni taqvodor odam sifatida ulug’laganlar, uni cho’qinish vaqtida osmondan ilohiy ruh tushgan, deb hisoblaganlar.
asming ikkinchi yarmida montanchilar sektasi paydo bo’lgan. Ular taqdimi oldindan aytib berish bilan shug’ullanganlar, zohidlikni targ’ib qilganlar, episkoplar hokimiyatini tan olmaganlar.
Dostları ilə paylaş: |