Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə30/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Adventistlar firqasi. Adventistlar (lot.-voqe bo’lish) protestantsizm sektasi. Sekta XIX asming birinchi yarmida AQShda vujudga kelgan. Uning asosichisi Uilyam Miller (1782-1849) “Muqaddas yozuvlar va 1843 yilda yozilgan Isoning ikkinchi marta voqe bo’lishi” hamda uning shaxsan 1000 yillik hukmronligi haqida tarix dalillari» kitobida Bibliya tarkibiga kiradigan payg’ambarlar kitoblariga suyanib, Isoning ikkinchi marta kelishiga doir o’zi belgilagan muddatni asoslashga uringan. Bu fikr AQShda mayda burjuaziya tomonidan qo’llab-quwatlandi. Ular payg’ambaming kelishiga muddat o’tib ketsa ham bari-bir ishonaveradilar. Adventistlar bir nechta bo’laklarga bo’linib ketdi. Ular orasida “ettinchi kun adventistlari” eng yirigidir. Ular ta’limotida ham Isoning ikkinchi marta qaytib kelib 1000 yil hukmronligi boshlanadigan kunning yaqinligiga ishonish mavjud. Ular oxiratga ham ishonadilar. Adventistlar insoniyat tarixi Iso va shayton o’rtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning halokati bilan tugaydi, xalos bo’lishning birdan-bir yo’li adventistlar e’tiqodini qabul qilishdir, deb hisoblaydilar. Adventistlar jonning o’lishiga ishonadilar. Ulaming fikriga ko’ra, Iso qaytib kelishi bilan jon tana bilan birga qaytib qo’shilib, tirilish ro’y beradi. Erdagi hayot xuddi shunga tayyorgarlik uchun berilgan. Adventistlar shanba kunini dam olish kuni deb hisoblaydi, o’z daromadlarining o ’ndan bir qismini cherkovga tuhfa qiladilar. Adventistlar o ’z noshirlik organlariga, ko’plab shifoxonalariga ega bo’lib, aktiv messionerlik faoliyati olib boradilar. Ular o’z cherkovlariga 1863 yili asos solganlar. Amerika, Afrika, Rossiyada 3 milliondan ko’proq adventistlar bor.
Baptistlar firqasi. Baptist (yun.-suv bilan cho’qintirish) protestantizmdagi sektalardan biri bo’lib, XVII asrda paydo bo’lgan. Uning asoschilari Gollandiyaga qochib borgan ingliz mahalliy cherkov va jamoalarinig avtonomik printsipining himoya qiluvchilari bo’lib, 1611 yilda “Amsterdam va Gollandiyada yashab turgan inglizlarning

69


diniy bayonnomasi”da yangi ta’limot ta’riflab berilgan. Unda bolalami voyaga etganda cho’qintirish ko’zda tutilgan. Baptistlar din erkinligini e’tirof etishi, cherkovni davlatdan ajratishni talab qilgan mayda burjuaziya radikal qismining manfaatlarini ifoda etgan. 1612 yilda Angliyada, 1639 yili esa Shimoliy Afrikada birinchi baptistlar jamoasi vujudga kelgan. Baptistlar Bibliyani diniy ta’limotning yagona manbai deb hisoblaydi. Isoga ishonganlaming hammasini xudo xalos etadi, deb ishonadilar. Baptistlar ruhoniylaming oddiy dindorlar bilan xudo o’rtasida vositachi bo’lishini inkor etadilar, alviyolami, ikonalami, muqaddas murdalarga sig’inishni ham tan olmaydilar. Baptistlarda cho’qintirish, non va vino totish asosiy muqaddas marosimlardir. Bu urf-odatlami bajarish Isoga sadoqatning ramzidir. Hozirgi vaqtda Amerika, Afrika, Osiyo, Evropa,



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin