13.Patriarx (yun.-ota, asos soluvchi) - pravoslavieda oliy diniy martaba bir qancha mamlakatlardagi pravoslav cherkovining boshlig’i. Katolitsizmda patriarx martabasi ayrim ierarxiyalaming boshliqlariga beriladi.
73
Pop (svyashennik, rasmiy cherkov tilida ierey, prosviter) pravoslavieda diniy marosimni ijro qiluvchi, ibodatni mustaqil olib borishga ruxsat etilgan o’rta darajadagi ruhoniy. Pop barcha sirli marosimlami (ruhoniylik unvoni berish marosimidan tashqari) amalga oshiradi.
15.Postlar (ro’zalar) - umuman ovqatni oyoq yoki uning biror turini iste’mol etishni ta’qiqlovchi, cheklovchi diniy ta’qiqlar. Ilohiyotchilar fikricha ro’zalar inson ruhini amaliy poklash va yangilash uchun xizmat qiladi. Masalan, Xristovoverlarda piyoz, kartoshka, sarimsoq piyoz solish ta’qiqlangan.
Munozara uchun savollar
Buddaviylik qachon paydo bo’lgan?
Tripitaka necha qismdan iborat?
Xristianlik so’zi nimani bildiradi?
Ushbu din qachon qaerda paydo bo’lgan?
Xristianlik ta’limotining asosiy g’oyalari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedeniya. Moskva. 1996.
Mo’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. Т., 2004.
A.E.Abdusamedov. Dinshunoslik asoslari. T. 1995 y.
Yo’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 y.
Sharipov E, Ikramov I. Dinshunoslik asoslari nazariyasi va amaliyoti. Nam. 2005.