Mom dinming vujudga kelishi va jaxon diniga aylanishi.
Makka va Madinada islom uchun kurash.
Markaziy Osiyoga islom dinini kirib kelishi.
Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu tnavzuda Islom dinining vujudga kelishi sabablari, ilk o’rta asrlarda arab qabilalari o’rtasidagi munosabat, Muhammad ibn Abdullohning hayoti va faoliyati haqida bilimga ega bo’ladilar. Shuningdek, Islom dinini ta’limoti va aqidalari haqida ma’lumotgan ega bo’ladilar.
Tayanch iboralar: Islom, Fil voqeasi, Makka, Ka’ba, Qur’on, payg’ambar,Baqara, ta’limot. Islom dini bugungi kunda dunyoda e’tiqod qilinishi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan din hisoblanib unga 1,8 ralrd kishi e’tiqod qiladi, 125 mamlakatda tarqalgan, 28 ta islom davlati mavjud. Islomning asosiy qismini ya’ni 85- 90 foizini Sunniylar qolgan 10 foizini esa shi’alar va ibodiylar tashkil qiladi.
Islom (islom dini) Arabiston yarim orolining janubiy-g’arbiy tomonidagi viloyatlarda, xususan Hijoz vohasida joylashgan Makka va
75
Madina shaharlarida yashaydigan arab qabilalari (qurayshlar) orasida VII asming birinchi yarmida vujudga kelgan yangi jahon dinidir.
Islom paydo bo’lishi arafasida Arabistonning g’arbida O’rta er dengizining Sharqiy qirg’oqlarida, shimoliy Afrikada (xususan Misrda) yakka xudolikka asoslangan iudaizm (yaxudolik) dini, shimol tomondagi Vizantiya (Hozirgi Turkiya) davlatida esa nasroniy dini (xristian) mavjud bo’lib, bu dinlar arablar orasida ham tarqalmoqda edi. Bu to’g’rida Qur’onda ham ma’lumotlar berilgan. (Baqara surasi). O’sha davrdagi tarixiy vaziyatda arab qabilalari va shahar davlatlari aholisi oldida quyidagi tarixiy vazifalar mavjud edi: