Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə37/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Uhud jangi. Makka zodagonlarining boshlig’i Abu SuFyon payg’ambardan va musulmonlardan o’ch olishga qaror qiladi. U Madina vohasidagi Banu Nazir degan yahudiy qabilasi bilan yashirin til biriktirib, ulardan musulmonlar to’g ’risida ma’lumotlar to’playdi. 625 yil 21 martda Uhud degan adirlikda jang bo’lganligi uchun “Uhud jangi” deyiladi. Bu jangda makkaliklardan 3000 otliq va tuya minggan askar va musulmonlardan ming kishilik lashkar Muhammad qo’mondon-ligida qatnashadi. Maydonga makkaliklardan pahlovon Abu Talha va madinaliklardan Bahodir Ali tushadi. Ali Talhani engadi va musulmonlar hujum boshlab makkaliklaming markazi yanchib tashlanadi. G ’alaba alomatlari ko’rina boshlaganda askarlardan bir qismi makkaliklar qarorgo-hidagi o’ljalarga tashlanadi. Bulami ko’rgan kamonchilar ham o’ljaga qarab ketadilar, natijada mudofaa mavqei ochiq qoladi. Makkaliklaming 200 otliqdan iborat guruhi Hamid Ibn Valid boshchiligida musulmon qo’shinlarining o ’ng qanotini osongina qirib tashlaydi. Madinaliklar chekina boshlagan paytda Muhammad boshiga urilgan qilichdan yaralanadi. Madinaliklar payg’ambami jang maydonidan olib chiqadilar va tog’ orasiga yashiradilar. Jang maydonini aylanib chiqqan Abu S uf yon musulmonlardan o ’chini olganiga qanoat hosil qilgach, ulaming iziga tushib ta’qib qilmasdan orqaga, Makkaga qaytadi.
Musulmonlar tog’ oralig’idan chiqib halok bo’lganlami yig’adilar. Payg’ambaming, ular shahid (ya’ni islom dini uchun jang qilib fidoyi bo’lganlar), shu boisdan yuvish va kafan-lashga muhtoj emas, degan hukmi asosida o’z kiyimlarida dafn qiladilar. Bu keyinchalik aylanadi. Musulmonlar shaharga qaytgach, bir necha kun motam tutadilar. Ilk manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra, musulmonlardan 70-74 kishi, ular
orasida payg’ambaming eng jangovar amakisi Hamza ham shu jangda haiok bo’ldilar. Makkaliklar talofati esa 24 kishidan iborat bo’ldi.


Uhud jangidagi mag’lubiyatdan keyin Madinada bir oz kelishmovchilik, payg’ambarni ayblash bo’lib o’tadi, ammo umuman Muhammadning obro’siga putur etmagan. Dushman bilan til biriktirgani va payg’ambar, uning safdoshlariga suiqasd uyushtirgani uchun Banu Nazir yahudiy qabilasi bilan urush olib boriladi hamda 625 yilning sentyabrida bu qabila ko’chirib yuboriladi.



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin