Namangan davlat chet tillar instituti


Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi nutq mavzulari tavsiya etiladi



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə2/9
tarix03.03.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#86352
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Ilmiy va kasbiy 1 kurs

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi nutq mavzulari tavsiya etiladi:
1-mavzu. Hozirgi zamon dunyo muammolari: giyohvandlik, terrorizm, jinoyat va jazo, ekologiya, etnik nizolar, bedavo kasalliklar.
2-mavzu. Ilmiy-texnik progress va uning bashariyatga bo‘lgan ta’siri: bioinjeneriya, nanotexnologiya, zamonaviy axborot vositalari, ilg‘or texnologiyalar (kompyuter, internet, ayped), arof-muhitning ifloslanishi, ishsizlik.
3-mavzu. Madaniyatlararo ziddiyatlar: diniy aqidaparastlik, ayollarning jamiyatdagi o‘rni, jinslararo muammolar, avlodlar ziddiyati, teng huquqlilik.
4-mavzu. Zamonaviy qadriyatlar: vatanparvarlik, madaniyat va ma’naviyat, diniy, milliy tolerantlik.
5-mavzu. Madaniyatlararo muloqot: madaniyatlararo muloqotni chuqurroq tushunib yetish; o‘zga millat vakillariga nisbatan hurmat va tolerantlik; o‘zga madaniyat va turli vaziyatlarga moslashish, turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan darslarda o‘qituvchini o‘zini tutishi va muloqot qilishi; madaniyatlararo muloqotda til birliklarning stilistik buyoqdorligiga e’tibor berish.
6-mavzu. Sog‘liqni saqlash tizimi: sog‘lom turmush tarzi, sog‘liqni saqlash organlari, tibbiyotning Sharq va G‘arbda rivojlanishi, Ibn Sino – tibbiyot asoschisi, an’anaviy va noan’aviy tibbiyot turlari.
7-mavzu. O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning zamonaviy ta’lim tizimi: o‘quv muassasalarining turlari, ta’lim bosqichlari, ta’lim modellari, magistraturada ta’lim, chet elda ta’lim olish, ta’lim shakllari, infomatsion texnologiyalarni ta’limda qo‘llash.
8-mavzu. O‘zbekistonda turizm masalalari: turizm rivojlanishi, turizm sohasidagi o‘zgarishlar, turizmning iqtisodiy va ijtimoiy jihati, g‘arbiy va sharqiy mamlakatlardagi turizm servisining o‘xshashliklari va farqlari.
9-mavzu. Yetakchilik va rahbarlik: yetakchi va rahbar shaxsiy fazilatlari, rahbar turlari, rahbar hulq-atvori, rahbarlik turlari: avtoritar, demokratik, liberal, rahbarning hodimlarni motivatsiyalashdagi roli
10-mavzu. Kasbiy o‘sish: dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi nutqi, dars jarayonidagi muammolar bilan shug‘ullanish, dars jarayonidagi xilma xillik va ularning yechimi, tarjimon etikasi, muharrirlik faoliyati va etikasi, rahbar faoliyati va etikasi, o‘qituvchi, rahbar, tarjimon va muharrir shaxsiy xislatlar va xulq-atvor; o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlari.
11-mavzu. Magistrantning ilmiy tadqiqot amaliyoti: notiqlik san’ati, ilmiy maqola, ilmiy ma’ruza, prezentatsiya, ilmiy konferensiya va simpozium, taqriz, mening dissertatsiyam, mini-himoya, ilmiy loyihalar, muallif huquqi va patent.

Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin