Variant 3. Savol va topshiriqlar: "Badiiy obraz badiiy adabiyot va san 'atning tafakkur shakli" deyilishining boisini tushuntirib bering. Obrazli tafakkur va tushunchalar asosidagi tafakkurni bir-biriga qiyoslagan holda amalga oshiring. Badiiy obrazning konkretliligi deganda nimani tushunasiz?
2. Badiiy adabiyot individuallashtirish orqali umurrilashtirishga intilishini o'z misolingizda tushuntiring.
3. Badiiy obrazning ko'p ma'nolilik kasb etishi nimalarga bog'liq deb bilasiz?
4. Badiiy adabiyotda inson obrazining markaziy o'rin tutishi nimaga bog'liq? Inson obrazini yaratish vositalari qaysilar? Ularni konkret bir misol orqali tushuntirib bering.
5. Badiiy obrazlar tasnifl qaysi jihatlardan amalga oshiriladi? Badiiy obraz turlarining har biriga misollar keltiring.
Variant 4. Savol va topshiriqlar 1. Sujet borasidagi qara.shlar turlichaligi haqida nimaJarni bilasiz? Sujetning har bir adabiy tur, janrda o'ziga xos tarzda namoyon bo' lishini izohlang? Sujetning badiiy asardagi lunksiyasi nimalardan iborat deb bilasiz?
2. Harakatning ikkituriga asoslanuvchisujetlar haqida tushuncha bering. Voqealar orasidagi munosabatga ко' ra sujetning qaysi turlari ajratiladi? Bu xil ajratishning shartliligi nimada?
3. Sujetning asosiy unsurlari qaysilar? Ularga ta’rif bering? Prolog, epilog, "oldingi tarix" va "keyingi tarix" kabi unsurlami sujet elementi hisoblagan ma’qulmi yoki kompozitsiya elementi deb hisoblagan ma’qulmi? Boshqa o'quv qo'llanmalar, lug'atlardan bular haqidagi fflcrlarni o'rganib, o'zingiz ma’lum bir xulosaga kelishga harakat qiling.
4. Konfliktning sujet rivojidagi o'rni va ahamiyati qanday? Konflikt turlari va ularning bir-biriga bog'liq holda namoyon bo' lishini tushuntiring.
5. Nima uchun "dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori" iste’dod darajasini belgilashda muhim deb hisoblaymiz? Kompozitsiyaning shakl unsurlari orasidagi mavqei haqida nima deya olasiz?