Seminar savollari va topshiriqlari
Variant 1.
Savol va topshiriqlar:
1. O`zingiz bilan o`zingiz bahslashishga bir urinib ko`ring: avvaliga “Adabiyotshunoslik ham ilm bo`libdimi? Xo`sh, u o`rganayotgan masalalar, chiqarayotgan xulosalar nimagayam kеrak bo`lardi?” qabilidagi da'voni asoslashga harakat qiling. Bo`ldimi? Endi bu da'voni asosli inkor qiling.
2. Adabiyot tarixi masalalariga bag`ishlangan qaysi asarlarni bilasiz? Maktabda olgan ma'lumotlaringizni eslang.
3. Adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlari orasidagi o`zaro bog`liqlik, uzviy aloqani tushuntirib bеring.
4.“Tanqidchi” dеganda kimni tushunasiz? Tilimizdagi “tanqid qilmoq” fе'li, masalan, “birovni tanqid qilmoq” bilan “badiiy asarni tanqid qilmoq” tushunchasi orasida farq qanday?
5. “Matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kеsishgan nuqtada kеchadi” dеgan fikrni qanday tushunasiz? Tеrminlar lug`atidan “palеografiya”, “arxеografiya” tеrminlarining ma'nosini daftaringizga yozing.
Variant 2.
Savol va topshiriqlar
1. Nima uchun "badiiy asar shakli", "badiiy asar mazmuni" tushunchalari shartli, atigi ilmiy abstraksiyalar deb hisoblanadi?
2. Shakl va mazmunning o'zaro munosabatida mazmunning yetakchiligi, uning belgilovchiligi nimalarda ko'rinadi? Shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi deganda nimani tushunasiz?
3. Shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o'tishini konkret misollar yordamida tushuntirib bering.
4. Badiiy asar tahlilida ko'proq shaklga e'tibor beriladimi yo mazmungami?
5. Badiiy asaming shakl va mazmun komponentlarini tasnif qilishdagi turlichalik nimadan deb o'ylaysiz? Mavjud tasniflar sizning fikringiz qanday?
6. Badiiy asar mazmuni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topadi deyilganda nima nazarda tutiladi? Buni konkret asar misolida tushuntirib berishga harakat qiling.
7. "Tema" so'zining ikki xil ma’noda ishlatilishini aytib, biz har ikki та!noni ikkita so'z bilan atadik. Bu xil qarashga sizning munosabatingiz qanday? Bu qarashni boshqa darslik va qo'llanmalardagi izoh bilan qiyoslang. Ulardan qay birini to'g'riroq deb bilsangiz, shunisini asoslab, rivojlantirishga harakat qiling.
8. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlami deganda nimani tushunamiz? Buni biron bir asar misolida tushuntirib bering.
9. Badiiy asar mazmuniga ijodkor dunyoqarashining ta ’sir etmasligi mumkinmi? Masalan, ijodkor voqealarni mutlaqo xolis tasvirlayotgan, ularga munosabatini ifodalamayotgan bo'lsa, mazmunda subyektiv ibtido bo'ladimi?
10. Badiiy asar mazmunining eng muhim xususiyatlari qaysilar? Ularni qanday tushunasiz?Bu xususiyatlar qanday izohlanadi?
Dostları ilə paylaş: |