Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə121/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ular-ning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini xisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish..
Reyting nazoratida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida isloxotlarni amalga oshirish jarayonida o‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. SHu o‘rinda «qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o‘rinlidir:

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin