Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


nazoratning ommaviy (frontal) shaklida



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə133/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilaming bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilaming ma’lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi. nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, odatda 0‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning kombinatsiyalangan aralash shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzulami barcha o‘quvchilardan 80‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir nechta o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi.
o‘z-o‘zmi nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki qayta aloqaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilaming o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari qnyidagilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topsbiriqlami bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlami nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ulami javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilaming bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ulami har biri dan 0‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilaming nutqini 0‘stirish hamda ulaming chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlav esga tushirishni talab qilish mumkin.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin