Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə132/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Ko‘rgazmaliIik (oshkoralik) tamoyili awalo barcha ta’lira oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholami e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyihii amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ulami manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlami tuzatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
0‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaiiyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilaming bar bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ulaming o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o‘qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilami o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o‘tkazadi. Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq nazorat savollari alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlami bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin