Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə183/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Loyilalashtirish (rejalashtirish) – o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish.
Logopediya (yunoncha «logos» – so‘z, nazariya, ta’limot, «paideia» -tarbiyalash) – nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini o‘rganuvchi fan; korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabdan tashqari ta’lim – madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
Malaka muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari – o‘quv materiali mohiyatini ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda qo‘llaniluvchi usullar.
Mafkura (arabcha «mafkura» – naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin