Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Eramizdan oldingi IX-VII asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə11/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Eramizdan oldingi IX-VII asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar, Eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so‘ngra Somoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi. Ajdodlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha etib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.
Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:
1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar
2. Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar
3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi
Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning barcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.
a) bolalar va o‘smirlar;
v) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
g) keksalar.
Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan, o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qaerda yozilmagan odat va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi.
Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.
Eramizdan oldingi ming yillik o‘rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So‘g‘d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida imkoniyat, tarixda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlar tizimining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada er kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo‘lishning o‘ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O‘rta dengiz bilan Hindistonni o‘zaro bog‘lovchi karvon yo‘lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O‘rta dengizga “Buyuk ipak yo‘li”ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Eramizdan oldin taxminan 484(480) - 431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g‘ri so‘zlikka o‘rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar. O‘g‘illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so‘g‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog‘ida yashagan so‘g‘dlik tijoratchi (savdogar)larning o‘z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan xatlar1 tashkil qiladi.
Syuan-Tszin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o‘qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to‘grisidagi ma’lumotlarni beradi. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o‘zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin