Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə131/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

0‘qitish vazifasi o‘quvchilaming bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilaming o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz boigan maiumotlami bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor boiish uchun darslami o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadiiar.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tugiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
Talim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o‘quvchilaming taiim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ihniy asoslanganligi, pedagogning barcha taiim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi. Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak. Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlami ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin