Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə129/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

11-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA
Reja:
1. O‘quvchilar bilimini tashhis etishning mohiyati.
2. Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olishning vazifalari.
3.Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan talablar.
4. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari.
5.O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari.
Tayanch tushnnchalar: tashxis, tashxis etish, nazorat, hisobga olish, tekshirish, baholash, baho, ta’lim sifati, monitoring.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sbaroitlami oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi о‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlami uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotiar to‘plash, ulami tahlil qilish, dinamika, tendensiyalami aniqlash, voqealaming keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’Iim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat. va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlami o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 0‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.
O‘quvchilaming bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in taiim oluvchilaming bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi boiim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi. Bilimlami tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy teksbirishdir. Joriy tekshirish taiim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlami o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha boiib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilaming yoshi va tayyorgarligi, taiim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin