Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


-MAVZU: PEDAGOGIK KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə157/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

15-MAVZU: PEDAGOGIK KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK


Reja

l.Kreativ ta’limga zamonaviy yondashish


2. Ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-boshqaruv darajasi
3.Kreativlik va uning tashxislanishi
4. Kreativ dars tuzilishiga doir metodik tavsiyalar
3.Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarimng rivojlanishi


Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvmi innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o‘sib boruvchi) tasniflanishi kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa-da, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug‘atlarda munosib defferensiyasini topmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. 0 ‘nlab ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas. Hozirda, rivojlanishning zamonaviy bosqichi da, mazkur an’analari inson faktorining hal qiluvchi o‘mini belgilamoqda. Bu faktoming fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi. Ijodkorlik inson fenomenining namoyon bo‘ladigan yuksak ko‘rinishi bo‘lishiga qaramasdan, u eng kam o‘rganilgan soha bo‘lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod jarayonining tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avval boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodiarda o‘rganish imkoniyatinl chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud dalillar va savollami to‘liq qoniqtiradigan universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimizda va chet ellarda to‘plangan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mohiyatini tushunishga yetarli emas. Jamiyat taraqqiyoti tajribasida psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida izlanishlami faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik natijalari faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy ahamiyatga egadir. Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish - ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ {creativity - inglizcha ijodiy) likni o‘rganishdan iborat. Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.Kipiaki, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, I.N.Semenov va boshqalar) qaraladi va uning o‘rganilishi M.S.Bemshteyn, V.S.Bibler, V.N.Shkin, O.K.Tixomirov, E.G. Yudin va boshqalar nomi bilan bog‘Iiq. Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nalishi ustida g‘arb olimlari: J.Gilford, S.Liding, V.Smit, D.Xalperik va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarming kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini tahlil qilib va iimumlashtirib R.Xameni yozadi: «Kreativlik o‘zida yangicha yo‘sinda amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha aloqadorliklami aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo‘luvchi faoliyatidir». Ko‘pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. E.Torrens kreativlikni yechimlami topishda bilimlaming yetarli bo‘lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va taxminlaming shakllanishi, yechimlaming topilish jarayoni deb qaraydi. (E.Torrens, 1996y.)

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin