Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə160/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat 0 ‘qituvchi teskari aloqani qo‘llaydi, uning natijasiga ko‘ra o‘z harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo‘llanmalar yoki boshqa o‘qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi daraja dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o‘qituvchiga ma’lum maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllami to‘g‘ri tanlashdan iborat.
Uchinchi daraja - evristik. Pedagog o‘quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo‘llaydi. 0‘qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning to‘liq mustaqil faoliyatida namoyon bo‘iadi.
U avvaldan ma’lum bo‘lgan usullami qoilashi mumkin, ammo u ularga о‘zining shaxsiy munosabatini qo‘ilaydi. 0‘qituvchi ijodiy individualligi, tarbiyalanuvchining shaxsiy o‘ziga xosligi, ta’limning aniq darajasi, tarbiyalanganlik darajasi, sinfiiing rivojlanish darajasini hisobga olgan holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib boradi. Tayyor tavsiyalami amalda qo‘llash daraja lari ham farqlanadi: optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil.Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichladga ijodiy yondashadilar, degan fikr yetakchilik qiladi. O‘rganilayotgan muammoga V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo‘lishni taklif qiladilar. potensial va dolzarb. Potensial kreativlik - muallifnitig fikricha, kreativlik faoliyatidir, individiumni potensial joylashuvi ma’lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi; potensial kreativlik - ijodning subyektiv zarur sharoitidir.V.A.Slastenin, L.S.Podimova potensial kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki, barcha o‘qituvchilar ham kreativ rivojlanishning barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: ba’zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar; ikkinchilari to‘liq konsepsiya va tizimlarga ega bo‘lmasdan turib, ba’zi metodik usullarga o‘zgartirishlar kiritadilar, uchinchilari ma’lum g‘oya asosida to‘liq mazmun, metod va shakllami ishlab chiqadilar; to‘rtinchilar esa ta’lim va tarbiyada o‘zlarirdng konsepsiya va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga munosabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida bo£lib, to‘rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida. Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, ikkala yo‘nalish orasida ma’lum mutanosiblikni, mnovatsion-pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish daxajasidagi tushunchalami aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko‘tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin