Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Kreativlik va uning tashxislanishi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə161/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Kreativlik va uning tashxislanishi XX asrning 50-yillarida ingliz-amerika psixologlarining izlanishlarida kreativlik deb nomlanadigan (creatio - lotincha “yaratish”) alohida qobiliyatlami o‘rganish katta ko‘lamda qiziqish uyg‘otmoqda. Kreativlikni alohida o‘rganishga an’anaviy mtellekt testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida aloqaning mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlaming aniqlanishi turtki bo‘ldi. E’tirof etilishicha, kreativlik ma’lum masalaning yechimini topishdagi axborotlami tez sur’atda foydalanish qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni intellektga bog‘liq bo‘lmagan holatda - individning yangi tushunchalar yaratuvchi va shakll antiruvchi yangi malakalari sifatida o‘rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Kxeativlikni o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi; 1-yo‘nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masaialarini va kreativlik bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlami belgilashni o‘rganadi. 2-yo‘nalish. Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi lieativlikning asosiy aspekti ekanligi. shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi. Intellektual faktorlarni ta’limiy yonalishlarda qo‘llanilishida, kreativlikni o‘rganish, baholashda 1950-yillarda J.Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko‘rsatadilar. Ular orasida: fikming turliligi (ma’lum vaqt oralig‘idagi g‘oyalarning miqdori), fikming (bir g‘oyadan ikkinchisiga ko‘cha olishi) originalligi (o‘ziga xoslik – umum e’tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g‘ovarii yaratish qobiliyati), qiziquvchanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta' sirchanlik), gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi), fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Gilford bu faktorlami tafakkuming divergentligi degan umumiy nom bilan ataydi, u muammo endigina aniqlanayotgan.. uning yechimini awaldan belgilangan, aniq yechimi bo‘lmagan vaqtda yuzaga keladi, deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning «mos» yechimi, konvergent tafakkurdan farqli ravishda). Tafakkumi ifodalovchi qobiliyatlami o‘rganish, an’anaviy intellektual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida aniqlash jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erishdilar. Bu natijalar asosida intellekt va kreativlik o‘zaro aloqadorligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o‘miga kreativlikni baholovchi boshqa mezon — bajaruvchi faoliyat yuritgan ish turi bo‘yicha erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlar bo‘yicha baholanganda, intellekt va kreativlikni belgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga erishish mumkin. Ba’zi olimlar kreativlikka intellektning an’anaviy testlar yordamida o‘lchab bo‘lmaydigan bir qirrasi sifatida yondashadilar. Ular kreativlikni orttirilgan tajribaga, o‘zlashtirilgan bilim va malakalar tasnifiga. qurshab turgan muhitning o‘ziga xosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadigan tajribalar natijasiga tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o‘qitiladigan sinf o‘quvchilari kreativlik testlari bo‘yicha o‘zlarining oddiy sinflarda o‘qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega bo‘lganlar. Kreativlikni baholashda atrof-muhitmng bog‘liqligi uning shakllanishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Awalo qanday muhitdan rivojlantiruvchi ta’simi kutish mumkin? Tadqiqotlaming natijasiga ko‘ra, muhit, axborotning ko‘pligi va erkinlikni ta’minlanganligi bilan ajralib turishi kerak.Tadqiqotlar kreativlikning rivojlanishida shaxsiy qobiliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kreativlikni o‘rganishda yakka yondashuvda asosiy e’tibor hissiy va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog‘liq 206 shaxsiy qobiliyatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro moslik mavjud. Kreativ individlami kreativmaslardan ajratib ko‘rsatadi. Ba’zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘zo‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va o‘zgalar fikriga toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi psixologlaming fikricha, kreativ bo‘lmagan tipdan farqli ravishda, kreativlikka ega bo‘lgan kishilar tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi qiziqki, bolalar va yoshlar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar yosh va balog‘atga yetgan individlarda kreativlik belgilari bir xil bo‘ladi. Shunday xulosa chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga asoslangan holda bolalaming juda kichikligidan bashoratlash mumkin. Ijodiy muvaffaqiyatlar asabbuzarliklar bilan bog‘liq degan nuqtayi nazar ham mavjud. Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda yuksak kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi muhitga, turli nizolarga nisbatan muvozanat mavjudligini ta’kidlovchi tadqiqotchilar ham mavjud. Kreativlikni motivatsion tasniflashga aloqador yagona qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi nazarga asosan kreativ individ o‘z imkoniyatlaridan iloji boricha samarali foydalanishga, yangi, o‘zlashtirilmagan yangi faoliyat turlarini bajarishda o‘z qobiliyatlarini ishga soladi. Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra kreativ bolalar motivatsiyasi tavakkalchilik, o‘z imkoniyatlari chegaralarini aniqlashga asoslanadi.Yuqorida aytilganlami xulosalab aytish mumkinki, intellektual qobiliyatlaming kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun psixologlari tomonidan keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bog‘- liqlik mavjud, ammo uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan. Kreativlikni intellektning an’anaviy tushunchalaridan ajratib olish mumkin emas.Kreativlikning birinchi testlari J.Gilford tomonidan XX asrning 50 yillarida yaratilgan. Bu metodika Janubiy Kalifomiya testlari nomi bilan mashhur bo‘lib, Gilford tomonidan divergent deb nomlangan fikrlashning o‘ziga xos tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat bo‘lgan. Ulaming dastlabki 10 tasiga og‘zaki javob, 4 tasiga tasvir orqali javob talab etilgan.Verbal vazifalardan namunalar: 1. So‘zdan foydalanishda yengillik. Berilgan tovush ishtirokida so‘z yozing (“o” - oy, ro‘mol, oddiy, muddao va b.);
2. Assotsiatsiyalardan foydalanishdagi yengillik. Berilgan so‘zga mazmunan o‘xshash so‘zlarni yozing (“og‘ir”, “zilday”, “vazmin” va boshqalar). Tasviriy vazifa na’munasi. Bezash. Ma’lum obyektlami detallar bilan to‘ldirish.Gilford testlari kattalar va yuqori sinf o‘quvchilarga mo‘ljallanadi. Ularni standartlashtirish katta bo‘lmagan tanlovlarda, ishonchlilik ma’lumotlari bir testdan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgarib turadi va toiiq qoniqarii bo‘lmaydi. Psixologlar fikricha, ijodiy qobiliyatlami baholashda Gilford testlari samaraliligi kam bo‘lishiga, bilimlar natijasini bilish shaxsiy xarakterlarga emas, balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, vazifalar ma’lum sondagi javoblami belgilanmagan, bu natijani aniq hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba’zi psixodiagnostlar kreativ testlar uchun va ulaming natijalarini aniqlashda ishonchli mutaxassisiami jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda talabalaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P.Goirensning kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari ijodiy jaravon modeli sifatida ko‘rilib, unda talabalaming bilimi natijaga emas, balki ijod jarayoniga qaratilgan. 1966-yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi test ishlab chiqilgan. Bu test 5 yoshli bolalardan boshlab kattalarga mo‘ljallangan. U 7 ta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiriq bir rasmga bog‘liq savollardan iborat: rasmga ko‘proq savollar tuzish, tasvirlangan narsalaming nima uchun chizilganligi va oqibatlari haqida iloji boricha ko‘proq sabablami ko‘rsatish so‘raladi.
1-topshiriq - “Rasm chizib bering”. Vazifa bajaruvchi qog‘oz varag‘iga rangli qog‘ozlardan qirqib olingan noto£g‘ri shakldagi qog‘ozni yopishtirish va uning asosida o‘ziga xos rasm chizish so‘raladi.
2-topslidriq — “Rasm chizishni tugallang” - test daftarlarida berilgan tugallanmagan shakllar rasmi asosida noodatiy sujet, rasm va predmetni chizib berish so‘raladi.
3-topshiriqda parallel chiziqlar va doiralar asosida iloji boricha ko‘proq predmetlami chizib berish so‘raiadi. Har bir subtestning bajarilishi uchun 10 minut vaqt ajratiladi (javoblaming tahlili tezkorlik, ko‘p qirralik, egiluvchanlik, o‘ziga xoslik va mukammallik mezonlari bo‘yicha tahlil qilinadi).
4-topshiriqda berilgan rasmdagi o‘yinchoqlar o‘rnini iloji boricha ko‘proq va qiziqroq tarzda almashtirish so‘raladi.
5-topshiriqda tUrmushda ishlatiladigan predinet (masalan, bo‘sh quti) dan ko‘proq noodatiy va qiziq foydalanish usullarini o‘ylab topish so‘raladi,
6-topshiriqda shu predmet haqida noodatiy savoliami o‘ylab topish so‘raladi.
7-topshiriq noodatiy vaziyatning yechimlari haqida iloji boricha ko‘proq izlanishlar olib borish so£raladi. 1980 yilda Torrens tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yangi kreativlik testlari tuzildi. Bu testning vazifalari shundan iborat ediki, go‘dak о‘zining ijodiy qobiliyatlarmi biror bir xonada erkin harakatlanish asnosida namoyon qiladi. Ijodiy fikrlashni reproduktivga qarshi qo‘ygan psixologlaming intilishlariga qaramasdan, amaliyotda kreativlik testlari intellekt testlari bilan bir xil prinsiplarda, ya’ni tezlik metodikasi va qat’iy mazmun asosida qurilgan. Tadqiqotchilaming fikricha, ulaming asoisiy kamchiligi motivlami va individning boshqa ijodiy qobiliyatni tashkil etuvchi tavsiflarini hisobga olinmaganligidadir. Ko‘pgina psixologlar kreativlikni testlar yordamida aniqlash mumkin emas, deb hisoblaydilar. Fan, texnika, san’at va boshqa inson faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga erishish, turli qobiliyatlaming va shaxsiy xususiyatlarining murakkab tuzilmasini (shu jumladan, intellektual va maxsus) talab qiladi. Hozirgi davrda mavjud boigan kreativ testlarda ijodiy qobiliyatning alohida elementlariga e’tibor qaratiladi, ijodiy muvaffaqiyatlami bashoratlashda buning o‘zi yetarli emas. Ayrim psixologlar ijodning ayrim qismlarini tahlil qilish yo‘li bilan kreativlikni aniqlash mumkin deb hisoblaydilar. Kreativlikni tashxislash yo‘nalishi deyarli o‘rganilmagan. Bu sohada professor D.B.Bogoyavlenskaya (1983 yil) ijodiy qobiliyat intellektual tashabbuskor birliklarini yaratdi. U muammoning yechimini topishda inson oldiga qo‘yilgan masalani fikrlash faoliyati deb ataydi. D.B.Bogoyavlenskaya gipotezasi (taxmini)ga muvofiq bajaruvchiga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirisiz nazariy umumlashtirishlarga va vaziyatni baholashga o‘ta oladigan “kreativ doira metodi”ni taklif qiladi. Bu metod doirasida bir necha metodikalar islilab chiqilgan. Tashqi mezonlami belgilashda muallif sezilarli qiyinchiliklarga duch keldi. Ijodiy muvaffaqiyat bir qator kamchiliklarga ega bo‘lgan tajribalar asosida aniqlanadi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin