Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Nazorar uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə163/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Nazorar uchun savol va topshiriqlar
1. Kreativ ta’lim deb nimaga aytiladi?
2. Kreativ fa’limning mazmun mohiyati nimalardan iborat?
3. Kreativlik va uning tashxislanishi haqida gapiring .
4. Kreativ dars tuzilishiga misollar keltiring.
5. Kreativ dars yo‘nalishlarining mazmuni nimalardan iborat?

Seminar mashg‘ulotlar
1- Seminar mashg‘ulot. “Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
Reja
1.“Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
2.Pedagogik fanlar tizimi.
3.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari.
1-Topshiriq:“Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida erkin yozish topshirig‘i
Topshiriq:“Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2.Besh daqiqa tugagach,vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroqbir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
2-Topshiriq:“Pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining ob’ekti, predmeti,maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari
“Pedagogika” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
Pedagogika fani qay tarzda paydo bo‘ldi?
Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi?
Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
Pedagogika fanining ob’ekti nima?
Pedagogika fanining ob’ektini belgilashdaxilma-xil yondashuvlar ko‘zga tashlanadi.bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday?
Pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi?
Pedagogikning tahliliy funksiyasi qanday va zifalarni bajaradi?
Pedagogikaning prognostik fuksiyalariga nimalar kiradi?
Pedagogikaning tashkiliy fuknsiyasi o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?
Pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?
Topshiriq
1.Nemis olimi Kellog quyidagi tajribani sinovdan o‘tkazdi: Shimpanze va yosh bolaning boshidagi tuklarini tortishi natijasida biri darhol yig‘lashga tushar, ikkinchisi esa har gal tajriba o‘tkazuvchining qo‘lini silkitib tashlar edi. Sinov bir necha bor takrorlanganda ham shu hol takrorlandi.
Savol: Sinaluvchilarning qay biri yig‘lashga tushgan, qay biri esa yig‘lamasdan tajriba o‘tkazuvchining qo‘lini siltab tashlagan. Buning sababini izohlang.
2.Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini aks ettiruvchi chizmalar yaratishga harakat qiling.


Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin