Namangan davlat universiteti 5A120102 Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi talabasi Alisherova Mohinur Muhiddin qizining “9-10-sinf o’quvchilarining ingliz



Yüklə 33,5 Kb.
tarix17.06.2022
ölçüsü33,5 Kb.
#61708
Ichki taqriz Mohinur


Namangan davlat universiteti 5A120102 - Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi talabasi Alisherova Mohinur Muhiddin qizining “9-10-sinf o’quvchilarining ingliz tilida grammatik ko’nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasiga
Taqriz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqqan kundan boshlab toki shu kungacha barcha oliy ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish sistemasini yanada takommillashtirish, yangi davlat ta’lim standartini yaratish, dasturlar ishlab chiqish ushbu dasturlar asosida darsliklar yangi avlodlarini shu darsliklar asosida bugungi kun talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turadi.
Mazkur dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bob va bo‘limlarning tartibi va joylashtirilishi uzviylik, uzluksizlik tamoyillariga mos keladi. Ishning kirish qismida magistrant dissertatsiya ishining dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqot mavzusining ahamiyati, xususiyati, uning nazariy hamda amaliy jihatlarini keltirib o`tgan.
Mazkur dissertatsiya ishining birinchi bobida ingliz tili o’qitish hozirgi ta’lim jarayonida katta ahamiyatga egaligi hamda uni umumta’lim maktablarida o’qitish bo’yicha qo’yilgan turli xil dastur, talab va metodlarni, shuningdek ularning maqsad hamda vazifalarini o’rganilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobida ingliz tili grammatikasini umumta’lim maktablari 9-10-sinf o’quvchilariga o’qitish bo’yicha metodik tayyorlash hamda o’quvchilarning Grammatik ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha turli texnologiya va usullar keltirib o’tilgan.
Ishning uchinchi bobida o’quvchilarga ingliz tili grammatikasini o’qitish bo’yicha olingan tajriba-sinov ishlarini o’rganish hamda ularning maqsad, vazifalarini va tashkil etilishi bo’yicha izlanishlar olib borilgan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, magistirlik dissertatsiyasiga qo‘yilgan muammo, uning yechimi, shuningdek, struktura va hajm jihatlaridan ham, bugungi kun talablari darajasida bajarilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, Alisherova Mohinur Muhiddin qizining “9-10-sinf o’quvchilarining ingliz tilida grammatik ko’nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasini ijobiy baholayman va magistrant 5A120102-Lingvistika (ingliz tili) magistr akademik darajasini olishga loyiq deb xulosa qilish mumkin. Dissertasiya ishini ochiq himoyaga tavsiya etish mumkin.


Taqrizchi:
Nemis va fransuz tillari kafedrasi
mudiri hamda
f.f.d. (PhD): Tursunov Akmaljon Hamidovich
Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin