Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi. 

O‗rta  Osiyoga  arablar  kirib  kelganidan  va  islom  dini  bu  hududda  tarqala 

boshlaganidan  keyin  o‗sha  davrgacha  amalda  qo‗llanib  kelingan  qadimgi  turkiy 

yozuvlar  siqib  chiqarilgan  va  bu  yerda  arab  yozuviga  asoslangan  eski  o‗zbek 

yozuvi  qolgan.  Davlat  muassasalaridagi  barcha  yozishmalar,  shuningdek  odamlar 

o‗rtasidagi yozma munosabatlar arab alifbosiga ko‗chirilgan edi. Shuning uchun 8-

9  asrlardan  boshlab  bu  hududdagi  epigrafik  yodgorliklar  ham  mana  shu  yozuvda 

bajarila  boshlagan.  Lekin  bu  yodgorliklardagi  bitiklarning  yozuvi  arabiy  bo‗lgani 

bilan, tili asosan turkiy, ba'zan forsiy, goho esa arabcha edi. 

Arabiy  yozuvda  bitilgan  epigrafik  bitiklarni  o‗rniga  qarab  diniy  pand-

nasihat  mazmunidagi  bitiklarga  va  xotira  (esdalik  uchun  yozilgan)  bitiklarga 

ajratish  mumkin.  Esdalik  uchun  yozilgan  bitiklarga  imoratlarning  ustki  qismidagi 

yozuvlar ham kiradi. Bu bitiklarda asosan imoratning qurib bitkazilgan sanasi, uni 

qurish  tashabbusi  bilan  chiqqan  kishilarning  yoki  shu  binoni  qurgan  usta-

me'morning  nomi  hamda  shu  binoni  qurish  bilan  bog‗liq  bilgan  voqyea-hodisalar 

bayon  etilgan.  Bundan  tashqarii  O‗rta  Osiyo  hududida  juda  ko‗p  epitafiyalar-

maqbaralar  yoki  qabrlarning  ustiga  bitilgan  yozuvlar  ham  borki,  ularni  o‗rganish 

tarix fani uchun juda katta va muhim materiallar beradi. 

Epigrafik  yodgorliklar  O‗rta  Osiyoning  barcha  shahar  va  qishloqlarida 

topiladi.  Lekin  ularning  ko‗pligi  va  xilma-xilligi  jihatidan  oldingi  o‗rinlarni 

Buxoro,  Samarqand,  Xiva,  Shahrisabz  (Kesh),  Termiz,  Toshkent  (Shosh)  kabi 



 

 

shaharlar  egallaydi.  Bundan  tashqari  juda  ko‗plab  epigrafik  yodgorliklar  Axsi, 



Chust,  Koson,  Pop,  Dalvarzintepa,  Ko‗hna  Urganch  kabi  hozirda  shahar  sifatida 

o‗z  qiymatini  pasaytirgan  yoki  turli  tarixiy  sababalrga  ko‗ra,  xarobaga  aylangan 

aholi punktlaridan ham topilgan. 

Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  muammoli 

ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin