Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Kultegin  bitigtoshi  Bilga  xoqon  bitigtoshi  bilan  bir  vaqtda  paydo  bo‘lgan. 

Radlov  bu  bitigni  nemis  tiliga  tarjima  qilgan.  Bu  bitigtosh  marmarga  o‘yilgan, 

qalinligi  41  sm,  balandligi  3  metr  15  sm,  tub  qismining  kalinligi  1  m.  24.sm. 

Marmar tosh o‘rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 

40  sm.  bo‘lgan  lavxa  o‘yilgan.  Lavxada  arxar  surati  naqshlangan.  U  xoqonlik 

tamg‘asi  xisoblangan.  Orqa  tomonga  bitigtoshning  o‘rnatilish  tarixi,  xattot 

Yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o‘ng va chap tomoniga 13 satrdan 

Yozuv  bitilgan.  Ba`zi  joylarida  Yozuv  o‘chib  ketgan.  Bu  marmartoshga  yozish 

ishini Yullig Tegin ismli kishi bajargan. 



 

 

 Bilga  xoqon  bitigi  –  Bilga  xoqon  734  yil  25  noyabrda  o‘z  yaqinlari 



tomonidan o‘ldiriladi. Uning o‘g‘li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun 

Kultegin  bitigidan  1  km  uzoqlikda  bitiladi.  Bu  Yozuvni  ham  Bilga  xoqonning 

amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag‘darilib 3 bo‘lakka bo‘lingan, shuning 

uchun  ham  Yozuvlarning  ma`nosi  unchalik  tushunarli  emas.  Bitigtosh  Bilga 

xoqonning  taxtga  o‘tirishidan  boshlanadi.  Bitigtoshda  Bilga  xoqonning  xoqonlik 

yillari, davlatni  adolatli  boshqarganligi  aytiladi. Bitigtoshning  so‘nggi  misralarida 

Bilga  xoqonning  o‘z  xalqiga  qilgan  nasixatlari  aks  etgan:  ―xalq  xoqonidan,  er-

suvidan (ya`ni vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko‘radi, baxtli, betashvish yashaydi‖. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin