Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


- mavzu: O‘rta Osiyo epigrafik yodgorliklari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

7- mavzu: O‘rta Osiyo epigrafik yodgorliklari. 

Reja: 

1. O‗rta Osiyoda epigrafik yodgorliklarning o‗rganilishi.  

2. Islomdan oldingi turkiy epigrafik yodgorliklar.  

3. Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi. 

 

Maqsad:  O‗rta  Osiyoda  epigrafik  yodgorliklarning  o‗rganilishi.  Islomdan 

oldingi  turkiy  epigrafik  yodgorliklar.  Islomdan  keyingi  turkiy  epigrafik 

yodgorliklarning umumiy tavsifi. 

O‘rta Osiyoda epigrafik yodgorliklarning o‘rganilishi.  

Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy Yozuvlar taqdiri Shumer 

mixxatlari kabi uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma`lum bo‘lmay keldi. 

XVIII  asrda  turkiy  xalqlar  Yozuvlari  haqida    dastlabki  ma`lumotlar  paydo 

bo‘ldi.  Lekin  Yozuvlar  qaysi  xalqka  mansub  ekanligi  muammoligicha  qolaverdi. 

CHunki  bu  Yozuvlarni  xech  kim  o‘qiy  olmadi.  1691  yilda  o‘z  davrining  yirik 

olimi,Moskvadagi  Gollandiya  elchixonasi  a`zolaridan  biri  Nikolay  Vidzen 

Verxotur  shahridan  uncha  uzoq  bo‘lmagan  joyda  noma`lum  alifboda  yozilgan 

bitigtoshlarni  topdi.  N.Vidzenning  bu  sohaga  qiziqishiga  Sibir  viloyati  boshlig‘i 

Golovin  sababchi  bo‘lgan  edi.  U  Sibir  bo‘ylab  sayohat  qilib  yurganida  Ob 

daryosining  o‘pirilgan  joyidan  odam  suyaklari  saqlangan  yog‘och  quti,  kumush 

boldoq,  idishlar  topadi.  Bu  topilmalarni    u  N.Vidzenga  sovg‘a  qiladi.  Lekin  bu 

topilmalar va Yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma`lum edi. Oradan 5 yil 

o‘tgach  1696  yilda  Tobolslik  boyar  o‘g‘li  Semen  Remezov  ham  Sibir  erlarining 

haritasini  chizayotib  ,  bir  punktiga  Urxun  toshi  deb  belgi  qo‘yadi.  Noma`lum 

Yozuv  bitilgan  bu  tosh  haritada  chegara  vazifasini  o‘tay  boshlaydi.  Bunday 

Yozuvlar  haqida    1710  yilda  asirlikka  tushgan  shved  zobiti  Filipp  Ioganin 

Stralanberg  to‘liqroq  ma`lumot  beradi.  Asirlikda  u  13  yil  yashab  noma`lum 

Yozuvning  jadvalini  ham  chizib  oladi.  Uningcha  bu  Yozuvlar  run  Yozuvlari  deb 

atala  boshlandi.  Run  deb  atalishiga  sabab  ,  got  Yozuviga  tashqi  jixatdan 

o‘xshashligidir. Runa - sir ma`nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run Yozuvi 



 

 

milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy Yozuvlar esa G‘arbdagi run Yozuvlari 



paydo bo‘lgunga qadar ham mavjud edi. 

1716 yili Pyotr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib 

ko‘radi. SHundan so‘ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi . 

Breyn do‘sti , tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. 

U  tarix,  jug‘rofiya,  botanika  soxasida  ham  bilimdon  edi.  Oradan  ko‘p  o‘tmay 

D.Messershmidt  Peterburgga  chaqirildi.  Unga  Sibirning  fizik  tasvirini    yaratish 

topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin