Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


- mavzu: Dunyo xalqlari epigrafikasi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

 


 

 

6- mavzu: Dunyo xalqlari epigrafikasi. 

1. Yer yuzida epigrafik yodgorliklarning topilishi va o‗rganilishi.  

2. Dunyo xalqlari epigrafikasining tavsifi. 

 

Maqsad:  Yer  yuzida  epigrafik  yodgorliklarning  topilishi  va  o‗rganilishi. 

Dunyo xalqlari epigrafikasining tavsifi. 

  Yer yuzida epigrafik yodgorliklarning topilishi va o‘rganilishi.  

Qadimgi Misr epigrafikasi. Misr Yozuvi asosi e`tibori bilan ideografik xat 

bo‘lib,  unda  har  bir  tushuncha  muayyan  tasvir  belgi  ieroglif  bilan  ifodalanadi. 

―Ieroglif‖ Yunoncha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma`nosi  ―Muqaddas belgi‖. 

Misr Yozuvi  sistemasida uch xil belgi ajralib turadi: 

1. 

Xis  tuyg‘u  bilan  idrok  etiladigan  narsalarni tasvirlovchi ideogrammalar. 



Bunda  biror  so‘zni  ifodalash  uchun  aynan  shu  so‘zni  ifodalovchi  buyum  yoki 

predmetning o‘zini rasmi chiziladi. 

2. 

Xis  tuyg‘u  bilan  idrok  etiladigan  harakatlar.  Bunda  biror  harakatni 



belgilarda  ifodalamoq  uchun  aynan  o‘sha  harakat  rasmi  chiziladi.  Masalan, 

―uchmok‖  so‘zini  ifodalash  uchun,  kushning  qanot  qoqib  ketayotgan  rasmi 

chiziladi, ―yig‘lamoq‖ so‘zini ifodalash uchun, ko‘z va ko‘zdan yosh oqayotganligi 

tasviri tushiriladi va xokazo. 

3. 

Mavxum tushunchalarni tasviriy yul bilan ifodalash. Masalan, ―keksalik‖ 



so‘zini  ifodalash  uchun,  odamning  xassaga  suyangan  rasmidan  foydalanishgan, 

―topmoq‖  so‘zini  ifodalash  uchun  esa  laylakning  engashgan  xolda,  tumshug‘ida 

qandaydir narsani ushlab turgan xolatidan foydalanilgan va xokazo. 

Mavxum  tushunchalarni ifodalash  uchun  fonetik belgilar  ham  qo‘llanilgan. 

Eshitilishi  bir-biriga  o‘xshash,  lekin  ma`nosi  har  xil  so‘zlar,  ya`ni  omonimlar 

Shunday  belgilar  bilan  ifodalangan.  Xa,  bir-biriga  o‘xshash,  lekin  aynan  bir  xil 

bo‘lmagan ―xol‖ (yuzdagi xol) va ―xol‖ (xol-axvoli ma`nosida) singari  so‘zlar bir 

xil belgi bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin. 

Yuqorida  aytib  o‘tilgan  “determinativlar”  yoki  “ochqich  belgilar”,  garchi 

talaffuz  etilmagan  bo‘lsada  juda  katta  ahamiyatga  molik  deb  xisoblangan.  Ular 




 

 

bitta  belgi  bilan  ifodalangan  omonimlarni  bir-biridan  farqlashga  xizmat  qilgan. 



Misr  belgilarining  aksariyat  ko‘pchiligi  determinativga    ega.  Masalan,  jins 

determinativi : erkak kishining ismidan keyin erkak bilan bog‘liq bo‘lgan ifodadan 

so‘ng o‘tirgan erkakni tasvirlovchi belgi va aksincha, ayol kishi ismidan keyin yoki 

aloqador  ifoda  oxirida  ayolni  tasvirlovchi  belgi  qo‘yilgan.  Mamlakatlar 

determinativi  –  kattaligi  cheklangan  bir  parcha  er,  vaqt  determinatvi  –  quyosh 

gardishi,  ish  harakatlar  determinativi  -  biron  yumush  bilan  bog‘liq  qo‘l,  mavxum 

tushunchalarniki – qo‘lyozma o‘rami bilan ifodalangan. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin