Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Qo'lyozmalarning  bezagi  va  shakli



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Qo'lyozmalarning  bezagi  va  shakli.  Turkiy  qo‗lyozmalar  juda  katta 

geografik  hududda  yaratilgan  va  ko‗chirilgan.  Bular:  O‗rta  Osiyo,  G‗arbiy  Sibir, 

Ular, Volga bo‗yi, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz orti o‗lkalari, Qrim, Turkiya, Eron, 

Afg‗oniston,  Pokiston,  Hindiston,  Kashmir,  Misr,  Iroq,  Suriya,  Bolgariya, 

Ruminiya, Yugaslaviya o‗lkalaridir. Va bu qo‗lyozmalar juda ko‗p turkiy tillarda, 

tatar, qrimtatar, bashqird, qozoq, va boshqa tillarda yaratilgan. 

O‗rta  Osiyo  qo‗lyozmalari  haqida  gapirar  ekanmiz,  yana  shuni 

ununtmasligimiz  kerakki,  O‗rta  Osiyoning  chegarasi  doimo  o‗zgarib  turgan. 

Temuriylar  davrida  Xirot  ham  shu  rayonga  tegishli  bo‗lsa,  Boburiylar  davriga 

kelib, Hindistonning shimoliy qismi ham regionga qarashli bo‗lgan. 




 

 

Arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‗lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga 



mansub  bo‗lib,  u  Yusuf  Xos  Xojibning  «Qutadg‗u  bilig»  asaridir.  U  1069-1070 

(462  xijriy)  da  yozilgan.  Uning  bizgacha  yetib  kelgan  eng  qadimiy  qo‗lyozmasi 

XIII  asrda  bitilgan.  Undan  keyingi  qo‗lyozma  Mahmud  Qoshg‗ariyning  «Devoni 

lug‗otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 xijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi 

qo‗lyozmasi 1266 (664 xijriy). 

Turkiy  tilda  eng  ko‗p  qo‗lyozma  bitilgan  davr  XVIII-XIX  asrdir.  X-XIII 

asrlarda  esa  ular  barmoq  bilan  sanarli  edi.  Buning  sababi:  turkiy  qo‗dyozmaning 

ko‗pi yo‗qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‗lyozmalar 

yaratilgan. 

O‗rta Osiyodagi ilk qo‗lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat» laridir. 

(1166 yilda-562 xijriyda vafot etgan). She'riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‗sha 

davrdayoq  devon  shakliga  keltirilgan  va  turkiyzabon  aholi  o‗rtasida  keng 

tarqalgan. 

Mashhur  Xorazmlik  faqix  va  filolog  olim  Muhammad  ibn  Umar 

Zamahshariy  (1143  yilda-538  xijriyda  vafot  etgan).  Xorazm  shohi  Otsizning 

buyurtmasi bilan «Muqaddimat-ul adab» asarini yozgan. Bu asar arabcha-turkiycha 

lug‗at  va  turkiy  tilning  gramatikasiga  bag‗ishlangan.  Bu  asar  bir  necha  marta 

ko‗chirib  yozilgan.  Uning  eng  qadimgisi  1492  yilda  989  xijriy.  Buxoroda 

ko‗chirilgan. Shuningdek u Samarqand va Toshkentda ham ko‗chirib yozilgan. 

 

Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  muammoli 



ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin