Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


O‘ra  Osiyoda  arab  paleografiyasining  takomillashuvi  bosqichlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

O‘ra  Osiyoda  arab  paleografiyasining  takomillashuvi  bosqichlari.  Arab 

harflari  asosidagi  fors  va  turkiy  tillar  yozuvining  shakllanishi  uch  bosqichni  o‗z 

ichiga oladi: 

1-bosqich.  Bu  yozuvning  shakllanishi  va  taraqqiyotining  boshlanish 

bosqichi.  Arab  yozuvi  fors  va  turkiy  tillar  uchun  qo‗llana  boshlagan  dastlabki 

paytda  ayrim  muammolar  yuzaga  chiqqan,  chunki  bir  tilning  harflari  ikkinchi  bir 

til uchun ishlatilganda bunday  muammoning yuzaga kelishi tabiiy edi. Mas., arab 

tilida mavjud bo‗lgan «al-» aniqlik artikli yoki so‗z oxirida uchraydigan ta marbuta 

harfiga zarurat yo‗q edi. Chunki bu narsalarning o‗zi fors tilida ta marbuta ustidagi 

ikki  nuqta  olib  tashlanib,  xoyi  havvazga  aylantirilgan  va  u-e  tovushini  bildira 

boshlagan.  Yoki  arab  tilida  mavjud  bo‗lgan  hamza  belgisi  ayrim  birikmalarda 

izofalikni  bildirish  uchun  ishlatila  boshlagan.  Arab  yozuvining  fors  tiliga 

moslashtirib olish IX asrda amalga oshgan. 

2-bosqich.  Bu  bosqich  arab  harflari  asosidagi  fors  va  turkiy  alifboning 

shakllanishi  va  bu  bilan  bog‗liq  holda  arab  yozuvida  sodir  bo‗lgan  ayrim  sifat 

o‗zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda mahalliy filolog olimlar mahalliy 

tillarda  mavjud  bo‗lib,  arab  tilida  yo‗q  bo‗lgan  tovushlarni  yozuvda  aks  ettirish 

uchun to‗rtta harf ijod etadilar va bu harflar pe, chim, je harflaridir. Bu harflarning 

yozuvda qo‗llana boshlashi X asrning boshlarida amalga oshgan. G tovushi uchun 

ham ular harflar yaratganlar. Lekin bu harflar nimagadir amalda qo‗llanilmagan va 

XVI-XVII  asrlarga  kelib  G  tovushi  uchun  Kof  harfining  ustiga  parallel  chiziq 

tortish  rasm  bo‗lgan.  Bu  chiziq  forslarda  «sarkash»  deb  aytiladi.  Shunday  qilib, 

nisbatan uncha katta bo‗lgan muddat davomida 32 harfdan iborat bo‗lgan va arab 

harflariga asoslangan fors va eski o‗zbek yozuvi vujudga kelgan. Bu 32 harf 18 ta 

shakldan iborat, qolganlari o‗zaro nuqtalarning soni bilangina farq qiladi. 



 

 

3-bosqich. Bu bosqich arablarda mavjud bo‗lgan yetti yozuv turini o‗zlariga 



moslashtirish  yo‗li  bilan  yangi  yozuv  turlarini  ijod  etish  bosqichidir.  Agar 

arablarda yozuvning yetti turi mavjud bo‗lgan bo‗lsa, (kufiy, muhaqqaq, rayhoniy, 



nasx,  suls,  tavki',  riqo),  Xuroson  va  Movaraunnaxr  qalam  sohiblari  o‗zlarining 

estetik  didlari  va  badiiy  qobiliyatlaridan  kelib  chiqib,  XIV  asr  ikkinchi  yarmidan 

boshlab, yuqoridagi yetti yozuv turini yanada rivojlantirganlar va ularning bazasida 

yana  yangi  to‗rt  yozuv  turini  ijod  etganlar  (ta'lik,  shikastayi  ta'lik,  nastalik, 



shikastayi  nasta'lik).  Bular  ichida  keyinchalik  eng  keng  tarqalgan  yozuv  nasta'lik 

yozuvidir. 



Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  muammoli 

ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin