Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


- mavzu: Arab paleografiyasi tarixi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

3- mavzu: Arab paleografiyasi tarixi. 

Reja: 

1. 


Arab paleografiyasining vujudga kelishi va rivojlanishi.  

2. 


O‗rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi.  

3. 


O‗ra Osiyoda arab paleografiyasining takomillashuvi bosqichlari. 

 

Maqsad:  Arab  paleografiyasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi.  O‗rta 

Osiyoga  arab  paleografiyasining  kirib  kelishi.  O‗ra  Osiyoda  arab 

paleografiyasining takomillashuvi bosqichlari

Arab  paleografiyasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi.  Eramizning 

dastlabki  yillarida  Arabiston  yarim  orolining shimoliy-g‗arbiy  qismida  Nabatiylar 

davlati  mavjud  edi  va  bu  davlatning  yozuvi  oromiy  yozuvi  edi.  Bu  yozuv 

nabatiylar  davlatida  ishlatilganligi  sababli  nabatiylar  yozuvi  deb  ham  atalgan.  Bu 

alifbo  22  belgidan  iborat  bo‗lgan.  Keyinchalik  bu  alifbodan  hozirgi  kunda 

Afrikaning  shimoliy-g‗arbiy  qismidan  Hindistongacha  bo‗lgan  ulkan  hududda 

amalda qo‗llanib kelinayotgan va arab yozuvi deb ataladigan yozuv shakllangan. 

Ilk  arab  yozuvining  eng  qadimgi  yodgorliklari  Janubiy  Suriyadan  topilgan 

bitiklar bo‗lib, ular eramizning IV-VI asriga mansubdir. 

Eramizning V-VI asriga kelib, arab yozuvi Shimoliy Afrikaga ham tarqalgan 

edi. 

Arablar hayotidagi  eng  ulkan  ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy-ma'naviy  burilish 



VII  asrning  boshlarida  vujudga  kelgan  islom  ta'limotidir.  Bu  ta'limotning  beshigi 

o‗sha  davrdayoq  umumarab  ahamiyatiga  ega  bo‗lgan  savdo  markazi  Makka 

shahridir. Islom ta'limotining va uning birinchi kitobi bo‗lgan Qur'oni Karimning 

sharofati bilan deyarli savodsiz hisoblangan ko‗chmanchi arablar juda boy va rang-

barang  yozuvga  ega  bo‗lgan,  sivilizatsiyalashgan  va  madaniy  xalqqa  aylangan. 

Shuning uchun ham Qur'on ya'ni kitoblarning onasi deb ataladi. 

Islom  dini  ildiz  otib,  aholi  bu  dinga  e'tiqod  qilishga  boshlaganidan,  Qur'on 

va arablarning o‗sha davrdagi og‗zaki she'riyati asosida arab adabiy tili shakllana 

boshlagan.  Arablarning  harbiy  sohadagi  qo‗lga  kiritgan  yutuqlari,  islom  dinining 

qo‗shni  hududlarda  tarqalishi  arab  tilining  obro‗-e'tiborini  kuchaytirgan.  VII  asr 




 

 

oxirida  (685-705  yy.)  xalifa  Abdulmalik  davrida  (ungacha  to‗rtta  dastlabki 



xalifalar  va  Muoviya,  Yazid,  Marvonlar  xalifalik  qilishgan  edi)  xalifalikning 

poytaxti  Damashqda  barcha  davlat  muassasalari  va  rasmiy  yozishmalarni  faqat 

arab  tilida  olib  borish  haqida  farmon  qabul  qilindi  va  bu  farmon  xalifalikning 

barcha hududlari uchun umumiy deb e'lon qilindi. Chiqarilgan bu farmon arab tili 

va yozuvining jamiyatda tutgan mavqyeini yanada mustahkamladi. 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin