Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


Insoniyat  tarixidagi  yozuv  turlari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Insoniyat  tarixidagi  yozuv  turlari.  Umuman,  insoniyat  tarixi  yozuvning 

to‗rt qadimiy turini biladi: 

1.  Piktografik  yozuv.  Piktografiya  (lot.  pitus  –  chizilgan,  tasvirlangan  va 

...grafiya) – yozuvning rivojlanish bosqichlaridan, fonetik yozuvdan oldingi yozuv 

turi:  muayyan  axborot  mazmunini  biron-bir  rasm  yoki  qat'iy  ketma-ket  kelgan 

rasmlarda aks ettirish usuli. Amerika indeyslari, Tropik Afrika xalklari, Avstraliya 

va  Okeaniya  tub  aholisi,  Sibirdagi  ayrim  elatlar  (yukagir,  nanay  va  b.)  orasida 

tarqalgan  va  hatto  20  asr  gacha  amal  qilib  kelgan.  Piktografiyaning  kad. 

namunalari  paleolitga  (ayrim  olimlarning  fikricha  –  neolitga)  mansubdir.  Garchi, 

shuni aytish kerakki, paleolit davridagi suratlar bilan piktografiya orasiga chega-ra 

qo‗yish mumkin emas. 

2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - so‗z, mantiq va «grafo» - 

yozaman so‗zlaridan shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir 

predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida 

ifodalana  boshlagan.  Demak,  yozuvning  bu  turida  ifodalangan  shakl  bilan 

ifodalanishi  kerak  bo‗lgan  predmet  yoki  tushuncha  o‗rtasida  mantiqiy  bog‗liqlik 

mavjuddir. Shuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda 

masalan, ikkita qo‗lning surati «jangchi», «askar» ma'nosini ifodalagan. Agar bir 

qo‗lda  qalqon,  ikkinchi  qo‗lda  nayza  surati  bor  bo‗lsa,  bu  «jang»  yoki  «jang 



 

 

qilmoq»  so‗zlarini  bildirgan.  «Ko‗rmoq»  fe'lini  bildirish  uchun  ikkita  ko‗z  surati 



xizmat  qilgan.  «Baxillik»,  «ochko‗zlik»  ma'nosini  timsohning  surati  bildirgan. 

Bitta  oyoqning  rasmi  «qadam  tashlamoq»  ma'nosini  ifodalasa,  ikkita  oyoqning 

surati  «yurmoq»,  «bormoq»  ma'nolariga  to‗g‗ri  kelgan.  Yozuvning  bu  turi 

ideografiya deb ham ataladi. 

3.  Bo‗g‗in  yozuvi.  Eramizdan  avvalgi  ikkinchi  ming  yillikning  o‗rtalarida  va 

birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq 

bo‗lgan  yozuv  shakllana  boshlagan.  Bu  yozuvda  so‗zlar  hamda  ayrim  sodda 

jumlalar  bo‗g‗inlarni  bildiruvchi  belgilar  yordamida  ifodalangan.  Shuning  uchun 

bu  yozuv  bo‗g‗in  yozuvi  deb  ataladi.  Yozuvning  bu  turi  ilgarigi  yozuvlardan 

qulayroq bo‗lgan, lekin uning ham o‗ziga yarasha nuqsoni bo‗lgan. U ham bo‗lsa, 

bu  yozuv  asosan  so‗zlar  bir  yoki  ikki  bo‗g‗indangina  iborat  bo‗lgan  tillar  uchun 

qulay bo‗lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. Shu 

kamchiligi bor bo‗lgani uchun bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan.  

4. Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf 

yoki  belgi  to‗g‗ri  keladi.  Bu  tizimdagi  yozuv  hyech  bir  istisnosiz  finikiylar, 

suriyaliklar  va  falastinliklar  ijod  etgan  somiy  yozuvga  borib  taqaladi.  Eramizdan 

avvalgi  VI-IV  asrlarda  Qadimgi  fors  davlati  devonxonalarida  davlat  ahamiyatiga 

molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy 

variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‗tishi bilan bu alifboning juda ko‗p 

variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‗p xalqlar 

tomonidan  qo‗llanib  kelayotgan  arab  yozuvidir  va  kvadrat  shaklga  ega  bulgan 

yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IV-III asrlarda oromiy alifbosi 

eroniy  tillarda  so‗zlashuvchi  ko‗pgina  xalqlar  tomonidan  ishlatib  kelingan.  O‗rta 

fors  yozuvi  va  Parfiya  yozuvi xuddi shu  tariqa paydo  bo‗lgan.  Bu  alifbo  asosida 

keyinchalik  so‗g‗d  yozuvi,  xorazmiy  yozuv  va  boshqa  yozuvlar  paydo  bo‗lgan. 

Eramizning VII-VIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin