Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

 

 

 


 

 

1- mavzu: «O’rta Osiyoda paleografiya, epigrafika va me`morchilik 



tarixi» fanining maqsad va vazifalari. 

Reja: 

1. O‘rta Osiyo tarixini o‗rganishda paleografiyaning tutgan o‗rni, maqsadi va 

vazifalari. 

2.  O‘rta  Osiyo  tarixini  o‗rganishda  epigrafikaning  tutgan  maqsadi  va 

vazifalari. 

3.  O‘rta  Osiyo  tarixini  o‗rganishda  me`morchilik  tarixining  tutgan  o‗rni, 

maqsadi, vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati. 

 

Maqsad:  Talabalarga  O‘rta  Osiyo  tarixini  o‗rganishda  paleografiya, 

epigrafika va me`morchilik tarixining tutgan o‗rni, maqsadi, vazifalari va bugungi 

kundagi ahamiyatini tushuntirishdan iborat. 

Paleografiya  so‗zi  istiloh  sifatida  ikkita  yunoncha  so‗zdan  tashkil  topgan: 

«palayos»  –  qadimgi  va  «grafo»  –  yozaman.  Paleografiya  fani  qo‗lyozma 

manbalarning tashqi belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda o‗rganadi. 

Paleografiya  fani  o‗rganadigan  u  yoki  bu  qo‗lyozma  manbaning  tashqi 

belgi-xususiyatlari  quyidagilardan  iborat:  qo‗lyozma  harflari,  bu  harflarning 

yozilish  xususiyatlari,  yozuv  turi,  qo‗lyozmaning  materiali,  yozuv  qurollari, 

qo‗lyozmada  ishlatilgan  bezaklar,  qo‗lyozma  yozilgan  siyoh,  qo‗lyozmadagi 

tamg‗alar, muhrlar, qo‗lyozmaning formati, qo‗lyozma muqovasi va boshqa tashqi 

belgilar. 

Paleografiyaning  vazifasi  quyidagilardan  iborat:  harflarning  grafikasi, 

xususiyatlarini,  harflarning  rivojlanishini,  yozuvning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini 

o‗rganish,  qo‗lyozmadagi  matnni  xatosiz  o‗qiy  olish;  qo‗lyozma  manbaning 

yozilgan vaqtini aniqlash; qo‗lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qo‗lyozma kim 

tomonidan  yozilganligini  belgilash;  qo‗lyozmaning  asl  nusxa  yoki  qalbaki 

ekanligini aniqlash va hakozo. 

Paleografiya  ilmiy  fan  sifatida  epigrafika,  sfragistika,  numizmatika, 

xronologiya, shuningdek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‗liqdir. Bu fanlar 

bir-birini o‗rganishga yordam beradi va o‗zaro bir-birini to‗ldiradi. 



 

 

Paleografiyaning ish uslubi: paleografiyaning uslubi asosida qo‗lyozmadagi 



bir  qator  belgi-xususiyatlar,  masalan,  xarflarning  grafikasi,  yozuvda  ishlatilgan 

material,  qo‗lyozmadagi  bezaklar,  qo‗lyozmani  yozishda  ishlatilgan  yozuv 

qurollari ustidan o‗tkaziladigan kuzatishlar, shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy 

bir  davr  uchun  o‗zaro  mos  kelish-kelmasligini  aniqlash  ham  bu  fanning  ish 

uslubiga kiradi. 

Epirafika qattiq jismlar – tosh, metall, sopol va mye'moriy yodgorliklarning 

u  yoki  bu  qismiga  yozilgan  qadimiy  va  o‗rta  asrlarga  oid  yozuvlar  (bitiklar)ni 

to‗plash,  ularni  tadqiq  qilish,  nashr  etish  va  sharhlash  bilan  shug‗ullanuvchi 

yordamchi tarix fanidir. 

Epigrafika  fan  sifatida  Yevropada  Uyg‗onish  davrida  vujudga  kelgan.  Bu 

esa  antik  davr  tarixi,  madaniyati,  shuningdek  Sharq  mamlakatlari  tarixi  va 

Bibliyaga  bo‗lgan  umumiy  qiziqishning  ortishi  bilan  bog‗liq  edi.  Epigrafikaning 

dastlabki bosqichlarida u Italiyadan, Gresiyadan, Shimoliy Afrika mamlakatlaridan 

va  Palastindan  topilgan,  ya'ni  lotin,  grek,  qadimgi  yahudiy  va  finikiy  tillarida 

yozilgan  bitiklarnigina  o‗rgangan.  18-19  asrlar  davomida  bu  fan  o‗zining 

metodikasini  ishlab  chiqdi.  Bunga  binoan  epigrafika  fani  bitiklarning  qalbaki 

emasligini aniqlash, undagi yozuvning xarakteriga qarab ularning bitilish sanasini 

topish,  ulardagi  ramziy  belgilarning  ma'nolarini  o‗rganish,  qisqartmalarning 

qanday  so‗z  ekanligini  aniqlash  kabi  vazifalarni  ham  bajara  boshladi.  Epigrafika 

fanining  bu  metodikasi  yozuvning  paleografik  xususiyatlariga  qarab,  bitilmalarni 

yozilish  sanasini  aniqlash,  bitikdagi  matnning  o‗chib  yoki  yo‗qolib  ketgan 

qismlarini qayta tiklash imkonini yaratgan. 

Samarqand  shahrining  2750  yillik,  Buxoro,  Xiva  va  Termiz  shaharlarining 

2500  yillik,  Shahrisabzning  2700  yillik,  Toshkent  shahrining  2200,  Marg‗ilon 

shahrining  2000  yillik  yubileylari  nishonlandi.  Buyuk  sohibqiron  va  atoqli  davlat 

arbobi  Amir  Temur,  jahonga  mashhur  vatandoshlarimiz  Alisher  Navoiy,  Abu 

Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Marg‗inoniy, 

Imom  al-Buxoriy,  Bahouddin  Naqshbandiy,  Abduxoliq  G‗ijduvoniy,  Najmiddin 

Kubro,  Imom  al-Moturdiy,  Jaloliddin  Manguberdi  singari  jahonga  mashhur 



 

 

kishilarning  qadamjolari  mamlakatimizning  bosh  me'mori  –  davlatimiz 



Prezidentining  tashabbuslari  va  rahbarliklarida  zamonamizdan  kelajak  avlodga 

meros  bo‗lib  qoladigan  darajada  restavratsiya  qilindi,  tubdan  qayta  qurildi  va 

yangidan  tiklandi.  2007-  yilda  Islom  madaniyatining  poytaxti  deb  tan  olingan 

Toshkent shahrida ulug‗vor inshoot – Hazrati Imom masjidi bunyod etildi. 

Zamonaviy  materiallar  va  konstruksiyalar  asosida,  milliylikni  o‗zida  jo 

etgan,  umumiylik  bilan  uyg‗unlashgan  ko‗plab  turar-joy,  jamoat  hamda  sanoat 

binolari va inshootlari qurildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish 

yo‗lida mamlakatimizda yuksak me'morchilik san'ati darajasida akademik litseylar, 

kasb-hunar  kollejlari,  maktablar,  sport  inshootlari,  zamonaviy  tibbiyot 

muassasalari,  yangicha  qishloqlar  yaratildi.  Ko‗plab  maydonlar,  bog‗-rog‗lar, 

oromgohlar xalqqa in'om etildi. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar, 

fabrikalar  ishga  tushdi.  Neft  va  gaz,  gidrotexnika,  energetika  inshootlari,  yangi 

yo‗nalishdagi  avtomobil  yo‗llari, temir  yo‗llar, ko‗priklar,  estakadalar va ko‗plab 

boshqa turdagi inshootlar bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.  

Yurtboshimiz  tarixsiz  kelajak  yo‗qligini,  vatandoshimiz  Abdulla  Qodiriy 

ta'biri bilan aytganda, moziyga qaytib ish ko‗rmoq kerakligini e'tiborga olib talaba 

yoshlarga  me'morchilik,  shaharsozlik  va  qurilish  tarixini,  ularning  sir-asrorlarini 

o‗rgatish maqsadga muvofiqdir. 



Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  dialogik  yondoshuv,  muammoli 

ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat. 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin