Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi


- mavzu: «Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va insoniyat



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix12.04.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#55191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

2- mavzu: «Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va insoniyat 

tarixidagi yozuv turlari. 

Reja: 

1. 


«Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi  

2. Insoniyat tarixidagi yozuv turlari 

3. O‗rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar. 

 

Maqsad: Paleografiyaning fan sifatida shakllanishi. Turli tarixiy davrlarda 

grafik xatshunoslik shakllarining paydo bo‗lish jarayoni, yozma va bosma harflar 

shakli. Piktografiya. Ideografiya. Maxfiy yozuv (kriptografiya). 

«Paleografiya»ning fan sifatida vujudga kelishi. Paleografiya (paleo... va 

...  grafin)  –  yozuv  belgilarining  yaratilishi  va  ularning  rivojlanishini  o‗rganuvchi 

tarixiy-filologik 

fan; 


nazariy 

paleografiya 

tarixan 

o‗zgargan 

yozuv 

xususiyatlarining  qonuniyatlarini  aniklaydi;  amaliy  va  tavsifiy  paleografiya 



muayyan  qo‗lyozmaning  qachon  va  qaerda  yaratilganini,  uni  yozgan  yoki 

ko‗chirgan  shaxsning  ishtirokini  hamda  kotiblarning  ish  hajmini  aniklash 

maqsadida  kotiblarning  yoki  ayrim  qo‗lyozmalarning  individual  (o‗ziga  xos) 

jihatlarini o‗rganadi. 

Paleografiya  mustaqil  fan  sifatida  diplomatika  (qad.  hujjatlar,  yorliqlar  va 

qad.  yozma  manbalarning  haqiqiyligini  aniqlovchi  soha)dan  ajralib  chiqqan. 

«Paleografiya»  terminini  birinchi  marta  fransiyalik  monax  Bernar  de  Monfokon 

qo‗llagan  (1708).  Paleografiyaning  asosiy  vazifasi  –  sanasi  ko‗rsatilgan 

qo‗lyozmalar  yozuvining  xronologik  va  hududiy  xususiyatlarini  aniklash  va 

tartibga  solish  va  shu  asosda  muayyan  matnda  uning  yozilish  vaqti  va  joyi 

ko‗rsatilmagan, bu haqda bilvosita ma'lumotlar bo‗lmagan qo‗lyozmalarning ham 

davri va joyini aniklashdir. 

Paleografiya  yozuv  belgilarini,  asosan,  harflar  va  ularning  tarkibiy 

unsurlarini, satr usti hamda farqlovchi belgilarni, qisqartirib yozish usullari va b.ni 

o‗rganadi. Vaqt o‗tishi bilan almashinib va o‗zgarib turgan yozuv materiallari va 

qurollari  ham  paleografiyaning  urganish  ob'ektidir.  Asosiy  yozuv  materiallari 




 

 

hisoblangan palma yaprog‗i, papirus, maxsus ishlov berilgan teri (pergament) va, 



nihoyat,  qog‗ozdagi  yozma  manbalarni  paleografiya  urgansa,  boshqa  yozma 

yodgorliklarni  paleografiyaga  yondosh  bo‗lgan  sohalar  o‗rganadi.  Mas,  tosh, 

yog‗och,  sopol,  metall  va  sh.k.da  saqlangan  yozuvlarni  epigrafika,  muhrlardagi 

yozuvlarni  sfragistika,  tangalardagi  yozuvlarni  numizmatika  o‗rganadi.  Paleograf 

o‗z tadqiqotlarida ana shu yordamchi fan sohalaridan, shuningdek, paleografiyadan 

ajralib  chiqqan  filigranologiya  (qog‗ozdagi  suv  belgilari  asosida  qog‗ozni  ishlab 

chiqargan  korxonani  va  davrni  aniklaydi),  kodikologiya  (qad.  qo‗lyozma 

kitoblarning  hoz.  holatini  o‗rganadi),  neografiya  (hoz.  yozuvni,  hatto  mashinka 

yozuvi 

va 


matbaa 

mahsulotlarini 

o‗rganadi)dan, 

matnshunoslik 

va 

kitobshunoslikdan yaxshi xabardor bo‗lishi kerak. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin